«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann «MYU» taklifini o‘rganib chiqmoqda.
The Mirror xabariga ko‘ra, Grizmanning qarori «MYU» klubining joriy mavsumdagi natijalariga bog‘liq. Xususan, u jamoaning YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishini kutmoqda. Agar shu voqea yuz bersa, Grizmann shartnomaga imzo chekishga tayyor.
Ayni paytda «MYU» APLda 5-o‘rinni egallab turibdi. Yevropa ligasida esa yarimfinalga chiqqan. Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Grizmanning transfer narxi 120 mln yevro bo‘lishi mumkin.