Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Intervyu. Leonardu Jardim: «Murabbiy uchun til bilish muhim»

Intervyu. Leonardu Jardim: «Murabbiy uchun til bilish muhim»

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 4 jamoa ichida eng ko‘p e’tiborni tortgani «Monako» bo‘ldi, desak mubolag‘aga yo‘ymang. Ayniqsa, tajribali Radamel Falkao hamda yosh iste’dod sohibi Kilian Mbappe yetakchiligida «Manchester Siti» va «Borussiya» D.ni musobaqadan chiqarib yuborgan monegasklarga ko‘pchilik havas qilmoqda. Xo‘sh, ushbu klubning yutuqlari zamirida nima yotibdi? Javob tayyor: «Monako»da ajoyib bosh murabbiy - Leonardu Jardim bor. Yaqinda ushbu mutaxassis xorijlik hamkasblarimizga intervyu berib, muvaffaqiyat qozonish siri bilan o‘rtoqlashdi.

- Murabbiylikdagi debyutingizni 27 yoshligingizda nishonlagan ekansiz. Mazkur sohada to‘plangan tajriba faoliyatingizda as­qotdimi?

- «Kamash»da ish boshlashimdan oldin 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarni shug‘ullantirgandim. O‘shanda endigina 19 bahorni qarshilagandim. So‘ngra 21 yoshimda bosh murabbiy yordamchisiga aylandim. Ishlashdan aslo to‘xtamadim. Bu esa ko‘pchilikka notanish narsa - o‘n besh yillik tajribani taqdim etdi. Ammo tajribaning o‘z kamlik qiladi, bilim olish ham muhim. Tajriba to‘g‘ri qaror chiqarish va xatolarni kamaytirishda asqotadi.

- Yosh jihatidan o‘zingizdan katta o‘yinchilar oldida qanday obro‘ orttirdingiz?

- Rostini aytsam, bosh murabbiy sifatidagi o‘n besh yillik faoliyatim davomida katta muammolarga yo‘liqmaganman. Imkon qadar voqealar rivojlanayotgan yerda paydo bo‘lib, murakkab masalalarning jiddiylashishiga yo‘l qo‘ymayman. O‘ylashimcha, ko‘pchilik shu muammolarning tug‘ilishi va ularning kattalashishiga yo‘l qo‘yib berishadi. Futbolda hamma narsa tez ro‘y beradi. Millionlar o‘yini - bu ehtiros, shunday ekan, mayda detallarni ko‘zdan qochirish oqibatida kichik nuqson katta muammolarga aylanishi turgan gap.

- Murabbiy uchun shogirdlari yonida turish muhimmi?

- Mening sirim shundaki, hamisha o‘yinchi va klub xodimlari bilan yonma-yonman. Ishtirokka ta’sir etuvchi har bir voqeada qatnashish juda muhim. Boshqa tomondan, mazkur holat o‘yinchilar bilan o‘ta yaqin bo‘lishni ham anglatmaydi. Bu mutlaqo turlicha narsalar. Eng katta tavakkal odamlar bilan masofani qanday saqlashga bog‘liq. O‘yin­chilardan uzoqlashadigan murabbiy ularning imkoniyatidan maksimum foydalanolmaydi, deb o‘ylayman.

- Murabbiylik uslubingizni ayrim obro‘lilar fe’l-atvoriga qarab moslashtirasizmi?

- Bu juda muhim. Barchamiz bir xilmiz va o‘z navbatida, turlichamiz. Berilgan ko‘rsatma qaysidir futbolchini hayajonlantirsa, boshqasini xotirjam qiladi, uchinchisi esa mazkur holatda nimanidir kashf etadi. Shu bois har bir shogirdingiz haqida to‘liq ma’lumot to‘plashingiz darkor. Qo‘l ostimdagi o‘yinchilarning ishtirokini yaxshilash uchun kimgadir motivasiya taqdim etishim, boshqasini tanqid qilishim, kerak paytda ulardan to‘g‘ri javobni olishim kerak. Hozirgi paytda sanoat sohasida bo‘lgani singari futbolda ham bu omil katta rol o‘ynaydi. Skautlar ham shunday detallardan voqif etiladi va men uchun individuallik hamda bilimli bo‘lishning ahamiyati yuqori. Agar o‘yinchi shu ikki sifatni o‘zlashtirsa, boshqa xususiyatlarsiz ham muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

- Sizningcha, yetakchi bo‘lmay turib, yuqori darajali murabbiyga aylanishning iloji bormi?

DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:57, 02.05.2017.
O'qildi: 2847 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.