Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Vladimir Bayenko: "Sho‘rtan"da chempionat motivasiyasi qolmadi

Vladimir Bayenko: "Sho‘rtan"da chempionat motivasiyasi qolmadi

Baho:
+ | -

6 may, shanba kuni “Buxoro” 9-tur doirasida o‘z maydonida G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu bahs oldin “Buxoro” jamoasi sardori Vladimir Bayenko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Safardagi og‘ir uchrashuvdan so‘ng barchaga bir necha kunlik ta’til berilgan edi. Bugun barcha klub bazasida yig‘iladi va ertadan bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Biz raqib qaysi jamoa bo‘lishidan qat’iy nazar o‘ta mas’uliyat bilan o‘sha uchrashuvga hozirlik ko‘ramiz. Bo‘lajak raqibimiz “Sho‘rtan” ham oson raqib emas. Ular ushbu mavsumda “Paxtakor” va “Lokomotiv”ni mag‘lub etishganliklari gapimning isbotidir. O‘ylayman-ki bu uchrashuv keskin va kurashlarga boy tarzda kechadi”-dedi Bayenko.

-Bugun FIFA “Sho‘rtan”ga qarshi jiddiy jazoni qo‘llaganligi ma’lum bo‘ldi. Bu yilgi chempionatni qanday o‘tkazishidan qat’iy nazar, “Sho‘rtan” yangi mavsumni quyi ligada boshlaydi. Aynan mana shu holat “Buxoro”-“Sho‘rtan” uchrashuviga o‘z ta’sirini o‘tkazadimi?

-Bilasizmi, bunday vaziyatda ikki tomonlama effekt bo‘lishi mumkin. Biri “Buxoro” foydasiga, ikkinchisi “Sho‘rtan” foydasiga ishlashi mumkin.

-Nega?

-Bu ma’lumotdan so‘ng “Sho‘rtan” futbolchilarida jiddiy ruhiy tushkunlik paydo bo‘lishi mumkin va bu vaziyatda albatta nafaqat “Buxoro”, balki qolgan jamoalar ham foydalanib qolishlari mumkin.

Ikkinchi tarafi ham bor, bu holni inobatga olmasdan ilojimiz yo‘q. “Sho‘rtan” futbolchilarida bugungi kunga kelib chempionatda motivasiya qolmadi, lekin u yerdagi futbolchilar professional. Hech kim quyi ligada o‘ynashni xoxlamaydi. Oliy ligada esa ularning hammasi ham qo‘nim topa olmasliklari tabiiy. Shu sababli ular aynan qolgan uchrashuvlar ortidan o‘zlarini barcha muxlis va mutaxasislarga ko‘rsatishga intilishadi, zero ikkinchi davrada va kelasi mavsumda oliy liga jamoalaridan qo‘nim topishni xoxlashar ekan, ularda bundan boshqa chora yo‘q. Mag‘lub bo‘lish qo‘rquvi bo‘lmagan futbolchilarga qarshi o‘ynash esa barchaga qiyin bo‘ladi.

Manba: pfcbuxoro.com
Kiritildi: 18:59, 02.05.2017.
O'qildi: 5088 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.