"Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmayev muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bikmayev o‘tgan oy o‘zi ishtirok etgan o‘yinlarda 9ta gol urishga erishdi. U Oliy ligada 5ta, Chempionlar ligasida 4ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
"Lokomotiv" uyda "Nasaf"ni, safarda esa "Paxtakor"ni bir xil 2:1 hisobi bilan mag‘lub etdi. Va har ikkala uchrashuvda kiritilgan to‘rtta golga Bikmayev mualliflik qildi.
Bikmayev shuningdek, OCHLda "Al Taavon" bilan kechgan bahsda xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. So‘rovnomada Marat Bikmayevdan tashqari Jaloliddin Masharipov, Ikrom Aliboyev, Sardor Mirzayev va Kaxi Maxaradze ham eng yaxshi bo‘lish uchun kurash olib borishdi.