Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Bugun futbol. "Navbahor" - "Lokomotiv"

Bugun futbol. "Navbahor" - "Lokomotiv"

Baho:
+ | -

Bugun Oliy liganing 9-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" bahsi bo‘lib o‘tadi. Taniqli hakam Ravshan Ermatov boshqaradigan bellashuv Namangandagi markaziy stadionda 18:00da start oladi.

- Ayni paytda turnir jadvalida "Lokomotiv" bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda birinchi o‘rinda bormoqda Jamoa 7 ta o‘yinda 18 ochko jamg‘argan. "Navbahor" esa 8ta o‘yindan so‘ng 14 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.

- "Lokomotiv" bungacha safarda uchta uchrashuv o‘tkazib, shundan ikkitasida g‘olib bo‘ldi va bir marta mag‘lubiyatga uchradi. "Temiryo‘lchilar" safar o‘yinlarida "Mash’al" va "Paxtakor"dan ustun kelishdi, biroq kutilmaganda G‘uzorda "Sho‘rtan"ga imkoniyat boy berildi. Safardagi bellashuvlarda to‘plar nisbati 3-3.

- "Navbahor" esa hozircha o‘z maydonida 4ta bahsda maydonga tushib, shundan uchtasida zafar quchgan va bir bor durang o‘ynagan. Namanganliklar uy uchrashuvlarida "Obod" (2:1), "Mash’al" (1:0) va "Sho‘rtan" (1:0) klublaridan ustun kelishgan hamda "Neftchi" (1:1) bilan durang o‘ynashgan. Jamoaning uy o‘yinlaridagi to‘plar nisbati 5-2.

FAKT: Namanganda bo‘lib o‘tgan oxirgi beshta o‘yinda "Lokomotiv" mag‘lubiyatga uchramagan. Jamoa bir bor durnag o‘ynab, to‘rt marta g‘alaba bilan qaytgan. Oxirgi ikki yilda "Lokomotiv" safarda "Navbahor"ni bir xil 3:2 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchratgan.

- Jamoalarning Namangandagi oxirgi uchrashuvida mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgan. "Navbahor" tarkibida Aleksandr Pishchur bilan Mo‘ydin Mamazulunov, "Loko" tarkibida esa Sardor Mirzayev (2ta) va Sanjar Shoahmedov gol muallifi bo‘lishgan.

"Lokomotiv"ning Namangandagi oxirgi beshta o‘yini:

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:12, 04.05.2017.
O'qildi: 2724 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик