Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Mixael Shumaxer sharafiga futbol o‘yini o‘tkaziladi

Mixael Shumaxer sharafiga futbol o‘yini o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, taniqli nemis avtopoygachisi Mixael Shumaxer bir necha yildan buyon og‘ir xastalikka duchor bo‘lib, to‘shakka mixlanib qolgan edi.

O‘tgan yili yozda Mayns shahrida Germaniya Gran Prisidan oldin, “Opel Arena” stadionida taniqli avtopoygachi Mixael Shumaxer sharafiga bag‘ishlangan xayriya futbol uchrashuvi o‘tkazilgan edi.

Nazionale Piloti poygachilar jamoasi Dirk Noviski boshchiligidagi NBA afsonalari termasiga qarshi bahs olib borgan edi.

Mazkur bahsda Nazionale Piloti jamoasi tarkibida yetti karra jahon chempionining o‘g‘li Mika Shumaxer ham ishtirok etib,bir bor gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Navbatdagi aksiya esa 3 iyul sanasida o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. U yana Opel Arenada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan va unda kichik Shumaxer ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. U ayni damda Formula 3 poygalarida ishtirok etmoqda.

Mika Shumaxer: "O‘tgan yilgi uchrashuv juda ham qiziqarli o‘tgan edi, bunday xayriyalarda ishtirok etish maroqli. Fikrimcha, bu ko‘ngil ochar o‘yin bilan aniq maqsad sari yo‘naltirilgan ajoyib g‘oya. Men Dirk, qolgan ishtirokchilar va muxlislar manna shu maqsadda stadionga tashrif buyurishganidan xursandman", - dedi Mika Shumaxer.

Mazkur o‘yindan tushgan mablag‘ Dirk Noviskining xayriya fondiga va Mixael Shumaxer oilasi uchun ajratilgan Keep Fighting loyihasiga ajratiladi. Shuningdek, poygachilar jamoasida ikki karra jahon chempioni va bir vaqtlar Shumaxerning asosiy raqibi bo‘lgan Mika Hakkinen ham ishtirok etadi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 12:02, 07.05.2017.
O'qildi: 4716 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик