Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

OCHL–2017. “Lokomotiv” safarda “Al-Ahli”ga yutqazdi va turnir bilan xayrlashdi

OCHL–2017. “Lokomotiv” safarda “Al-Ahli”ga yutqazdi va turnir bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “A” guruhi so‘nngi, 6-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Ushbu turda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safarda Dubayning “Al-Ahli” klubi mehmoni bo‘ldi.

Murosasiz kechgan o‘yinda amirliklar 4:0 hisobida zafar quchdi. Salmin Hamis, Ismoil al-Hammadi, Asamoa Gyan va Everton Ribeyroning gollari “Al-Ahli”ning yirik g‘alabasini ta’minladi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng “Lokomotiv” musobaqani tark etishga majbur bo‘ldi.

Parallel ravishda kechgan o‘yinda Tehronning “Istiqlol” jamoasi mehmonda Saudiya Arabistonining “Al-Tavun” bilan kuch sinashdi. Ushbu o‘yinda eronliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Demak, “A” guruhidan “Al-Ahli” va “Istiqlol Tehron” klublari OCHL–2017 pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

OCHL–2017. “A” guruhi
Dubay, BAA
9 may, seshanba

“Al-Ahli” – “Lokomotiv” 4:0 (1:0, 3:0)

Gollar: Salmin Hamis (27), Ismoil al-Hammadi (59), Asamoa Gyan (73), Everton Ribeyro (77)

Ogohlantirishlar: Oleg Zoteev (17), Islom To‘xtaxo‘jayev (58)

“Al-Ahli”: Majid Nosir, Salmin Hamis, Asamoa Gyan (Volid Hussayn, 78), Xabib al-Fardan (Volid Ambar, 81), Volid Abbos, Ismoil al-Hammadi, Everton Ribeyro, Hamis Ismoil, Said Ahmad, Abdulaziz Haykal (Muhammad Sebil, 82), Abdulaziz Sanqur. 

 “Lokomotiv”: Ma’mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Diyor Turopov, 79), Sardor Mirzayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Murod Bobojonov, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteev, Muhammad Kone (Timur Kapadze, 62), Jaloliddin Masharipov (Quvondiq Ro‘ziyev, 67).

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 22:44, 09.05.2017.
O'qildi: 6879 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик