Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

YECHL. «Real» yutqazdi, ammo finalda o‘ynaydi

YECHL. «Real» yutqazdi, ammo finalda o‘ynaydi

Baho:
+3 | -

Kutilganidek, "Real" Yevropa chempionlar ligasining ikkinchi finalchisiga aylandi. Ammo javob bahsida muxlislar ancha shiddatli jang guvohiga aylanishdi.

"Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda Zidan shogirdlari 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgani uchun to‘qnashuv taqdiri hal bo‘lgandek edi. Ammo Simeone jamoasi bunga aslo rozi emasligini ilk daqiqalardan isbotlashga tushib ketdi. Dastlabki daqiqalarda har ikkala jamoa posbonlari Koke va Kazemironing zarbalaridan keyin seyv ishlatishga majbur bo‘lishdi. Bahsning 8-daqiqasida esa Junayt Chaqir "Real" darvozasiga penalti belgilashga jazm etmadi. Mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Karraskoni yiqitishgandi.

Bahsning 12-daqiqasiga kelib esa hisob ochildi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Saul Niges bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi! Oradan atigi 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Varan jarima maydonchasi ichida Torresni chalib yiqitgani uchun turkiyalik referi "Real" darvozasi tomon penalti qo‘ydi.  Antuan Grizmann 11 metrli jarima zarbaisni golga aylantirdi. Natijada ikki o‘yin natijasiga ko‘ra oradagi farq minimal darajaga keldi.

Ammo shundan keyin mezbonlar chuqur himoyaga o‘tib olishgan bo‘lsa, "Real" asta-sekin uyg‘ona boshladi. Amalga oshirilgan harakatlar bo‘lim so‘ngida o‘z samarasini berdi. Benzema chap qanotda naq 3 futbolchidan o‘tib ketib, orqaroqqa uzatma berdi. Kroosning zarbasini Oblak chiziq ustida qaytardi, uning yonida paydo bo‘lgan Isko to‘pni to‘rga joylab qo‘ydi!

Mazkur gol tufayli endi "matraschilar" finalga chiqish uchun 3ta gol urishlari talab etilardi. Boz ustiga, "Qirollik klubi" ikkinchi bo‘limda raqibning bosim tashkil qilishiga yo‘l qo‘ymadi, o‘yinning borishini nazorat qilib bordi. Shunga qaramay, ikkinchi 45 daqiqa davomida mezbonlar 3ta xavfli vaziyat yaratishdi. Bahsning 66-daqiqasida Daniloning qo‘pol xatosidan keyin Karrasko to‘pni egallab olib, zarba berdi. Navas zarbani qaytardi va qaytgan to‘pni Gameyro bosh bilan darvoza tomon yo‘lladi. Yana Keylor "Real"ni goldan qutqardi.

Uchrashuvning 77-daqiqasida Karrasko chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashib uzatma berdi. Ramos Gameyroga to‘pni darvozaga yo‘llashga imkon bermadi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Grizmann tomonidan jarima maydonchasi ichidan yo‘llangan zarbani Navas qiyinchilik bilan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

"Real" javob bahsida yutqazdi, ammo Yevropa chempionlar ligasi finaliga chiqdi. "Qaymoqranglilar" musobaqaning amaldagi g‘olibi ekanini inobatga olsak, ularda unvonni saqlab qolish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Finaldagi raqib esa — "Yuventus"!

YECHL, yarim final, javob o‘yini
"ATLETIKO MADRID" - "REAL MADRID" 2:1 (2:1)
10 may, 23.45, «Visente Kalderon»
Gollar: 1:0 – 12 Saul, 2:0 – 16, penalti Grizmann, 2:1 – 42 Isko.
Atletiko – Oblak, Savich, Godin, Filipe Luis, Ximenes (Parti, 57), Saul, Ferreyra Karrasko, Gabi, Koke (Korrea, 76), Grizmann, Torres (Gameyro, 56).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Modrich, Kazemiro (Vaskes, 77), Kroos, Isko (Morata, 88), Ronaldu, Benzema (Asensio, 77).
Ogohlantirishlar: Danilo (4), Savich (6), Godin (34), Ramos (34), Gabi (37), Korrea (85).
Dastlabki o‘yin – 0:3

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:43, 11.05.2017.
O'qildi: 13391 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.