Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

«Qaldirg‘ochlar» «parvoz»ining muhzun yakuni (to‘liq sharh)

«Qaldirg‘ochlar» «parvoz»ining muhzun yakuni (to‘liq sharh)

Baho:
+ | -

Ochl-2017. «S» guruhi. 6-tur

«Bunyodkor» OCHL-2017 guruh bosqichidagi so‘nggi tur o‘yinini o‘tkazish uchun BAAga yo‘l olar ekan, «Al-Ayn»ga qarshi kechadigan bahsda «qaldirg‘ochlar»dan faqat chiroyli o‘yin kutganimiz bor gap. «Pley-off» yo‘llanmasi allaqachon boy berilgani tufayli motivasiya ham yo‘qolgandi. Jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechirgan jamoadan faqat Vatan sha’ni, muxlislar hurmati va o‘z obro‘si uchun munosib o‘ynash talab etilardi. Ammo baribir, oxirgi uchrashuvda ham yirik mag‘lubiyat qabul qilib olindi.

Matbuot anjumani (o‘yindan oldin)

«Al-Ayn»-«Bunyodkor» uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida «qaldirg‘ochlar» murabbiyi Viktor Karpenko hamda yarim himoyachi Otabek Shukurov ishtirok etishdi.

Viktor Karpenko («Bunyodkor» murabbiyi):

- Avvalo, bizni iliq kutib olishgani uchun mezbonlarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. «Al-Ayn» Osiyoning bugungi kundagi eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin hal etishgani fikrimni isbotlashi mumkin. Raqibni hurmat qilgan holda ularga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilamiz va maydonga g‘alaba ilinjida tushamiz. «Bunyodkor» hozirda bor e’tiborini ichki musobaqalarga qaratgan. O‘z navbatida, 2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasini munosib tarzda yakunlamoqchimiz. Birinchi navbatda, klubimiz obro‘si uchun kurashamiz. Barqaror o‘yin ko‘rsatib, hamjihatlikda harakat qilsak, maqsadimizga erishamiz. «Al-Ayn»ning kuchli va kuchsiz jihatlarini o‘rganib chiqdik. Tabiiyki, raqib ham bizni kuzatgan. O‘ylashimcha, mazkur bahsda imkoniyatlardan oqilona foydalangan jamoa g‘alaba qozonadi.

Otabek Shukurov («Bunyodkor» yarim himoyachisi):

- «Al-Ayn» juda kuchli raqib. Shunga qaramay, g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Tarkibimizda yosh futbolchilar ko‘p. Lekin har qanday tajribali raqiblardan cho‘chimagan holda kurashishga tayyormiz. Mazkur bahs natijasi jamoalar uchun ahamiyatsiz bo‘lsa-da, u baribir, xalqaro uchrashuv. Bizga muxlislarimiz ishonch bildirishmoqda. Shu bois, Vatanimiz sha’ni, klubimiz obro‘si uchun to‘p suramiz.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ishtirok etishdi. Bosh murabbiy Zoran Mamichga himoyachi Said Juma hamrohlik qildi.

Zoran Mamich («Al-Ayn» bosh murabbiyi):

- Bizni oldinda qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Maqsadimiz guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlash. Shu bois mazkur bahsda uch ochko uchun kurashamiz. «Bunyodkor» - xavfli raqib. Bu klubdan har narsa kutsa bo‘ladi. Oddiy misol, o‘tgan turda «Al-Ahli» jazolandi. Biz xotirjamlikka berilmoqchi emasmiz. Men yoshlarga ishonishda davom etaman. Ular jamoaning ertasi. «Bunyodkor»ga qarshi kechadigan o‘yinda ba’zi yangi futbolchilar maydonga tushishi mumkin. Barchasi so‘nggi mashg‘ulotdan keyin aniqlanadi. Ichki birinchilik bilan OCHLni taqqoslab bo‘lmaydi. Ikkisi ham turlicha musobaqa. BAA chempionatida omadimiz chopmayapti. Lekin Chempionlar Ligasida eng yaxshi o‘yinlarimizni ko‘rsatyapmiz. O‘ylaymanki, mazkur musobaqalardagi harakatlarimizni yuqori saviyaga olib chiqamiz.

Said Juma («Al-Ayn» himoyachisi):

- «Bunyodkor» yaxshi jamoa. Raqiblarimiz Toshkentdagi bahsda bizga tashvish tug‘dirishgandi. Qolaversa, avvalgi turda guruh favoritlaridan birini yengishdi. Biz o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘ynaymiz va ularga g‘alaba taqdim etmoqchimiz.

Mazkur bahsni Viktor Karpenko boshchiligida o‘tkazgan «Bunyodkor» dastlabki daqiqalarda raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishga urindi. Ammo «Al-Ayn»ning o‘z maydonida qanchalik kuchli o‘ynashi avvaldan ma’lum edi. Mazkur omil shu kuni yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Uchrashuvning 34-daqiqasiga kelib mezbonlar hisobni ochishdi. Nosir al Shamroni «Bunyodkor» jarima maydonchasida erkin harakat qilib, himoyachini aldadi va darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. Ushbu holatda Murod Zuhurov jamoasini goldan asrab qololmadi - 1:0. Muvaffaqiyatdan ruhlangan «Al-Ayn» futbolchilari yana oldinga tashlanib, xavfli hujumlar uyushtirishdi. Ammo muhim pallada ularga aniqlik yetishmadi. Shu tariqa tanaffusgacha hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limda «qaldirg‘ochlar»ning ham bir nechta hujum tashkil etishganiga guvoh bo‘ldik, ammo yakuniy vaziyatlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar pand berdi. Maydon egalari esa o‘zlari yaratgan navbatdagi imkoniyatdan unumli foydalanishdi. «Bunyodkor» jarima darvozasi yaqinida belgilangan jarima zarbasi Umar Abdulrahmon tomonidan qoyilmaqom tarzda ijro etildi - 2:0. Uchrashuvga yakuniy nuqtani birinchi gol muallifining o‘rniga tushgan Ibrohim Diaki qo‘ydi. 3:0 va «qaldirg‘ochlar»ning joriy mavsumdagi so‘nggi parvozi ham muvaffaqiyatsiz xotima topdi.

Ta’kidlash joizki, «Bunyodkor»ning BAAda imkoniyatni boy berishi O‘zbekiston futbol klublarining OCHLdagi 100-mag‘lubiyati bo‘ldi. Al-Ayndagisini ham qo‘shib hisoblaganda 32-marta o‘yinni ochkosiz tugatgan «qaldirg‘ochlar» shu tariqa Osiyo klublari orasida antirekord qayd etishdi. E’tiborlisi, Toshkentning yana bir jamoasi «Paxtakor» ham 32ta bahsda imkoniyatni boy bergan. Faqat «Bunyodkor»

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:49, 11.05.2017.
O'qildi: 4816 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.