Arsen Venger «Arsenal»dagi faoliyatini davom ettiradigan ko‘rinadi. 67 yoshli mutaxassis londonliklar bilan shartnomani yana 1 yilga uzaytiradi, deya xabar tarqatdi L’Equipe.
Shuningdek, «Arsenal» jamoani kuchaytirish uchun katta miqdorda mablag‘ sarflashga tayyor. Venger jahon saviyasidagi ikki futbolchi — bir nafar hujumchi va markaziy himoyachining qo‘lga kiritilishiga umid qilmoqda. Murabbiy yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.