Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

O‘ziga xos futbolchi Dani Alveshning siz bilmagan qirralari...

O‘ziga xos futbolchi Dani Alveshning siz bilmagan qirralari...

Baho:
+ | -

Braziliyalik o‘tkir himoyachi ayni payt o‘zini erta hisobdan chiqarib qo‘yganlar bilan alohida hisoblashmoqda, go‘yo. Alveshning «A» seriyasidagi faolligini qo‘ya turaylik, uning CHL yarim finalida «Monako»ga qarshi kechgan ilk o‘yinda 2ta golga assistentlik qilganiyu, javob bahsida ajoyib gol urganining o‘ziyoq «Yuventus» bebaho ijrochiga ega bo‘lganidan nishona. Ha, bugunga kelib, «Barselona»ning ushbu qanot himoyachisi masalasida qattiq yanglishgani to‘la-to‘kis o‘z isbotini topdi. Aytish joiz, Dani ajoyib tarixga ega noyob futbolchi sanaladi.

Qovun va piyoz yetishtirish

Dani Alvesh vaqtida erta azonda, soat 4da uyqudan turib, qo‘liga ketmonsimon asbobni olgancha otasi va aka-ukalari bilan dalaga yo‘l olardi. Ularning oilasi Juazeyrudan chamasi 30 kilometr uzoqlikdagi o‘ziga xos tabiatga ega hududda istiqomat qilardi. Iqlimning o‘ziga xosligi shuki, bu regionda yilning yarmida yomg‘ir-jala sira tinmaydi, keyingi 6 oyda esa quyosh jaziramasiyu, qurg‘oqchilik hukm suradi. Shu bois ham, bu yerda qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanish doimo katta tavakkalchilik hisoblangan. Ya’ni dehkonlar bir yil katta daromad olsalar, keyingisida hech vaqosiz qolishlari hech gap emas. Xullas, yosh Dani Alvesh qovun va piyoz dalasida javlon urgan bo‘lsa, otasi yetishtirilgan mahsulotni bozorda sotish bilan shug‘ullangan. «Ha, hayotimiz og‘ir edi, ammo doimo baxtiyorlikni his etardik,-deya xotirlaydi Dani yoshlik davrini. - Deylik uyimiz o‘ta oddiy bo‘lib, men beton karovotda uxlardim. Shunga qaramay, oilamiz ahil edi, hech narsadan nolimasdik. Chunki ota-onamiz yetarlicha qayg‘urishardi». Alvesh uchun daladagi ish chamasi soat 10gacha davom etardi. Birinchidan, u maktabga borishi kerak edi, ikkinchidan, bu vaqtga kelib, havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilardiki, dalada qolish shunchaki, imkonsiz sanalardi. Shunday tig‘iz jadvalda futbol mashg‘ulotiga faqat maktabdagi darslardan keyingina vaqt topilardi. Boz ustiga, Dani professional akademiya emas, sharoitlari haminqadar bo‘lgan oddiy dargohda shug‘ullanardi. Xususan, u yerdagi maydon ustiga toshko‘mir xokasi yotqizilgandi. Muhimi, bu holat yigitning ulkan maqsadlar sari qadam bosishiga xalaqit bermaydi. «Dani 6 yoshidan o‘z suratlarini uyimiz devoriga yopishtira boshlagan va kelajakda mashhurlikka erishib, ko‘pchilikka dastxat berishini ta’kidlardi. Akam doimo shuni xohlardi»,-degandi futbolchining ukalaridan biri.

Avval kino, keyingina futbol

To‘g‘ri, Alvesh o‘sha vaqt sport orqali mashhurlikka erishishi haqida og‘iz ham ochmagan. Chunonchi, san’atga ishtiyoqi balandroq edi va bu sohada tanilish imkoniyatini yuqoriroq baholagan. Harqalay, Dani avvaliga o‘zini kino olamiga urgan. Misol uchun, Kanudus urushi haqida suratga olingan filmda hattoki, epizodik rol o‘ynagan. Bu kartina Braziliya hukumati va Alveshning jonajon shtati - Baiyada yashovchi 30 ming aholi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar (1896-1897 yillar voqeasi) asosida yaratilgan bo‘lib, bo‘lajak futbolchi bir kunlik suratga olish jarayonidagi ishtiroki uchun 1,5 dollar haq olgan. Bolakayda futbolga chinakamiga qiziqish keyinroq tug‘ilgan. Danining otasi 30 yoshga to‘lgach, mo‘’jazgina «Palmeyras de Salitra» klubiga asos soladi. 10 yoshar Dani jamoada eng kichik futbolchi bo‘lsada (sheriklari ham, raqiblar ham undan ancha katta edilar), hududiy chempionatda barchani birdek hayratlantira boshlaydi. U o‘sha vaqt vinger rolini bajarar yoki hujumchi ortida harakatlanardi. Ma’lum muddatdan so‘ng yigitcha shaxsiy muxlislarga ega bo‘ladi. Axir mittigina maktab o‘quvchisining o‘zidan katta bolalarni yengilgina aldab o‘tishlarini kuzatish maroqli edi. Shu tariqa Dani 13 yoshga to‘lgach, «Baiya» akademiyaga ko‘chib o‘tadi. E’tiborlisi, u taklifga bitta shart evaziga rozi bo‘ladi: «Ukamni ham akademiyaga qabul qilasizlar». O‘z navbatida, ota-onasi ikkisiga alohida kvartira olib berib, ularni ogohlantirishadi: «Shart shuki, faqat to‘p ortidan yugurish bilan cheklanmay, o‘qishni ham davom ettirasizlar. Aks holda, ortga qaytasizlar». Dani bunga javoban hammasi joyida bo‘lishiga va’da beradi, biroq o‘z so‘zi ustidan chiqolmaydi. Harqalay, onasi may oyida kollejga borib, o‘g‘lini topolmaydi. So‘rab-surishtirganida esa, o‘qituvchilar Danining fevraldan buyon darslarda qatnashmayotganini aytishadi. Natijada jiddiy tarbiyaviy suhbat bo‘ladiki, Alvesh buni bir umr eslab qoladi. Yana 2 yildan so‘ng Dani qattiqqo‘l onasi sharafiga tatuirovka chizdiradi.

O‘ng qanot himoyasiga ixtisoslash jarayoni

DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:42, 18.05.2017.
O'qildi: 7921 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.