Toshkentning “Lokomotiv” klubi navbatdagi uchrashuvini 23 may kuni “Qizilqum”ga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.
Mamlakat kubogi 1/8 final o‘yinlari doirasida kechadigan ushbu matchga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in tarzda davom etmoqda.
Bugun ham “temiryo‘lchilar” jamoasi “Lokomotiv” stadionida 2 mahal mashg‘ulot olib borishdi. Dastlab jismoniy tayyorgarlikka urg‘u berilgan bo‘lsa, tushdan so‘ng o‘tkazilgan mashg‘ulot jarayonida to‘p bilan muomala va taktik mashqlar bajarildi.