Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ilhom Mo‘minjonov: "Barchasi Namanganda hal bo‘ladi"

Ilhom Mo‘minjonov: "Barchasi Namanganda hal bo‘ladi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi nimchorakfinalidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" (1:0) o‘yinidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Neftchi"ga qarshi o‘yinimiz "derbi" maqomida bo‘ladi. Bugungi o‘yin biz uchun O‘zbekiston chempionatida "Bunyodkor"ga qarshi tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. "Navbahor" mamlakat kubogi doirasida keyingi bosqichga chiqish yo‘llanmasi uchun shiddat bilan harakat qildi. Samatovning juda qo‘pol xatosidan so‘ng bir kishi kam bo‘lib qoldik. "Neftchi" esa qarshi hujumdan foydalanib ketdi. Alisherga ko‘rsatilgan qizil kartochkani adolatli deb hisoblayman. Bu borada hakamning qaroriga qo‘shilaman. Ikkinchi bo‘limda futbolchilar o‘zlariga kelishgach himoyaviy o‘yin namoyish etishdi. To‘g‘ri, 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldik, ammo oldinda javob uchrashuvi bor. Barchasi Namanganda hal bo‘ladi. Endilikda "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinga jiddiy hozirlik ko‘ramiz. "Qaldirg‘ochlar" bilan kechadigan o‘yinda to‘rtta yo‘qotishimiz bor. Bugun ayrim futbolchilarni tekshirib oldim. 27- maydan so‘ng "Neftchi"ga qarshi javob uchrashuviga tayyorlanamiz. Yana takrorlayman, "Navbahor" qo‘pol o‘ynamaydi! Biz agressiv futbol ko‘rsatamiz. Xa, bugun birgina Samatovning qo‘pol xatosi qizil kartochkaga olib keldi. Ammo qolgan o‘yinlarda shogirdlarim har bir santimetr uchun kurashishadi. Ogohlantirishlarni bergan hakamga biror nima deya olmayman. Ular o‘zlariga kerakli xulosa chiqarishadi. Hakamlarning faoliyatini baxolaydigan nazoratchilar bor. Darvozamizga penalti belgilandimi, demak hakamlar haq. Lekin ruhiy tarafdan futbolchilar "sinishmoqda". Birinchi bo‘limdan so‘ng yana darvozamizga penalti belgilangach, yigitlar tushkun kayfiyatga tushishdi. Bunday vaziyatda bosh murabbiyning axamiyati katta. Mansur Saidovni ikkinchi bo‘limda almashtirganimiz sababi? Bir kishi kam bo‘lib qolganimiz uchun himoyaviy o‘yin namoyish qildik. Mansur "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinga yaxshi xolatda bo‘lishi uchun unga dam berishga qaror qildik. Abbos Otaxnovni himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun zaxiradan tushirdik. "Neftchi" masalasida fikr bildira olmayman. Ularga omad tilayman. Oldimizda bir xaftaning ichida ikkita o‘yin bor. Shundan so‘ng 14 kunlik tanaffus. Tarkibdagi yo‘qotishlarimiz ko‘p. Xudoga shukur, Ro‘zimboy Ahmedov bugun 12 daqiqaga maydonga tushdi va o‘zini yaxshi xis qildi. U navbatdagi bahslarda o‘zini ko‘rsatishidan umidvorman" - dedi Mo‘minjonov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:25, 24.05.2017.
O'qildi: 3293 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.