«Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo madridliklar klubi uning qo‘l ostida qaysi sxema bo‘yicha o‘ynashini hal qildi.
Jurnalist Mario Kortegananing ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassisning rejasiga ko‘ra, jamoa «4-2-3-1» sxemasi bo‘yicha ikkita tayanch yarim himoyachisi bilan harakat qiladi. Bitta tayanch yarim himoyachisi qat’iy o‘z pozisiyasida o‘ynab, himoyaviy vazifalarni bajaradi — bu vazifa Orelyen Tchuameniga topshiriladi. Ikkinchi tayanch yarim himoyachisi esa maydonda ko‘proq erkinlikka ega bo‘ladi. Bu rolni Federiko Valverde yoki agar «Real» yangi transferni amalga oshirsa, yangi kelgan yarim himoyachi bajarishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Real» La Ligada ikkinchi o‘rinni egallab, chempionlikni «Barselona»ga boy bergan edi.













