«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo JCH-2026 ning «superqahramoni»ni aniqladi. U Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemni alohida ajratib ko‘rsatdi. Futbolchi oltita o‘yinda oltita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Mourinyo Bellingemni afsonaviy braziliyalik Pele bilan taqqosladi.
«Jud Bellingem — Angliyaning superqahramoni. U JCHda Pele bilan tengdosh bo‘lgan davridagidan ko‘proq gol urdi. Yarim himoyachilar o‘yinni boshqarishadi, Jud esa tortishish kuchini (gravitasiyani) boshqaradi», — dedi Mourinyo.
Eslatib o‘tamiz, Bellingem klub miqyosida «Real» sharafini himoya qiladi.













