Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Futboldagi yangi qoida ilk bor Neymarga qo‘llandi

Futboldagi yangi qoida ilk bor Neymarga qo‘llandi

Baho:
+ | -

Braziliya chempionatining 23-turida “Santos” safarda “Vasko da Gama”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda San-Paulu klubi so‘nggi 20 daqiqada uchta gol urib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bahsdagi eng e’tiborli voqealardan biri esa Neymarning yangi qoida sabab bir daqiqaga maydonni tark etgani bo‘ldi.

“Santos” darvozaboni Gabriel Brazao uchrashuv davomida tibbiy yordam so‘radi va shifokorlar maydonga chiqdi. Bosh hakam esa vaziyatni vaqtni cho‘zishga urinish sifatida baholadi.

Yangi qoidaga ko‘ra, darvozabonga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan paytda jamoa murabbiyi maydondagi futbolchilardan birini vaqtincha almashtirishi kerak. Agar 10 soniya ichida futbolchi tanlanmasa, jamoa sardori maydonni bir daqiqaga tark etadi. Shu sababli “Santos” sardori Neymar vaqtincha chetga chiqarildi.

Mazkur qoida futbol uchrashuvlarida jarohat va tibbiy yordam bahonasida vaqt cho‘zilishining oldini olishga qaratilgan. U 2026-yilgi Jahon chempionatida qo‘llanila boshlangan va keyinchalik Braziliya chempionatiga ham joriy etilgan.

Qoidada ayrim istisnolar ham mavjud. Masalan, darvozabon jarima zarbasiga sabab bo‘lgan vaziyatda jarohat olsa, darvozabon va maydon futbolchisi to‘qnashib, ikkisiga ham tibbiy yordam kerak bo‘lsa yoki futbolchidan qon ketayotgan bo‘lsa, bir daqiqalik chetlatish qo‘llanmaydi.

Neymar esa uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi va “Santos”ning so‘nggi ikki golida bevosita ishtirok etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng jamoa 22 o‘yinda 25 ochko jamg‘arib, Braziliya chempionatidagi quyi liga zonasini tark etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:14, 17.08.2026.
O'qildi: 2338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик