Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

Mourinyo "Real"dagi ilk rasmiy o‘yini uchun tayanch juftligini tanladi

Mourinyo "Real"dagi ilk rasmiy o‘yini uchun tayanch juftligini tanladi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionatining yangi mavsumi startiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. La Liganing birinchi turida "qirollik klubi" safarda "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu bahs Joze Mourinyo uchun "Real"ga ikkinchi bor qaytganidan keyingi ilk rasmiy uchrashuv bo‘ladi.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis birinchi tur bahsida tayanch yarim himoya chizig‘ida Bernardu Silva va Federiko Valverde juftligidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Katta ehtimol bilan, "Real" 4-2-3-1 sxemasida harakat qiladi. Bunda Bernardu Silva va Valverde tayanch zonasida o‘ynaydi, ulardan oldinroq esa hujumkor yarim himoyachi joylashadi.

"Espanyol" — "Real" uchrashuvi 22 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:22, 17.08.2026.
O'qildi: 3810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик