Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Rasman: Serxio Buskets «Barselona»ga qaytdi

Rasman: Serxio Buskets «Barselona»ga qaytdi

Baho:
+1 | -

«Barselona»ning sobiq sardori Serxio Buskets klub tizimiga qaytdi. U «Barsa Atletik» bosh murabbiyi Juliano Bellettining yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi.

37 yoshli mutaxassis zaxira jamoasining kundalik ish jarayonida qatnashadi va yosh futbolchilar bilan ishlaydi. Shu bilan birga, Buskets murabbiylik lisenziyasini olish uchun maxsus kurslarda o‘qishni davom ettiradi.

Bu tayinlov Buskets uchun murabbiylik faoliyatidagi ilk amaliy tajriba bo‘ladi. U klub akademiyasini yaxshi bilishi va yuqori darajadagi katta tajribasi orqali «La Masiya» tarbiyalanuvchilarining asosiy jamoaga tayyorlanishiga yordam berishi kutilmoqda.

Buskets «Barselona» asosiy jamoasida 2008–2023 yillar davomida to‘p surgan. U klub libosida 722 ta uchrashuv o‘tkazib, 32 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida 9 ta Ispaniya chempionligi va 3 ta Chempionlar ligasi bosh sovrini bor.

Ispaniya milliy jamoasi bilan 2010 yilgi jahon chempionati va 2012 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan sobiq yarim himoyachi endi o‘z tajribasini «Barselona»ning yosh avlodiga yetkazishga kirishadi. Uning Belletti shtabiga qo‘shilishi klubdagi sobiq futbolchilarni murabbiylik tizimiga jalb qilish siyosatining navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

Kiritildi: 15:38, 17.08.2026.
O'qildi: 3428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик