Ertaga Stokgolmdagi «Frends Arena» stadionida YEL-2016|2017 finali bo‘lib o‘tadi. FIFA referisi Damir Skomina boshqarib boradigan uchrashuvda «MYU» va «Ayaks» klublari nafaqat kubok, balki CHLning bitta yo‘llanmasi taqdiriga oydinlik kiritadi. Yevropa Ligasi (UEFA Europa League)ning 1971 yili tashkil etilgan UYEFA kubogi davomchisi va qit’ada nufuzi jihatidan CHLdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadigan turnir ekanligi barchaga ma’lum.
Umumiy ma’lumot va faktlar
1971|1972-2008|2009 yillar mavsumi oralig‘ida UYEFA kubogi nomi ostida tashkillashtirilgan turnirda avvallari (mavsum-1998-1999ga qadar) mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan jamoalar ishtirok etmagan. Sababi, o‘sha vaqt Kubok egalari kubogi musobaqasi bor edi. Umuman olganda, UYEFA kubogi ham boshqa bir turnir - Yarmarkalar kubogi vorisi sanalardi. To‘g‘ri, Yevropa futbol uyushmasi Yarmarkalar kubogini rasman tan olmagan. Bunga isbot o‘laroq, «Lids» klubini keltirish mumkin. Zero, Yarmarkalar kubogida 2 marta zafar quchgan bu jamoa UYEFAning yevrokuboklarda g‘olib chiqqan klublar ro‘yxatiga kiritilgan emas.
*** UYEFA kubogining birinchi sohibi sifatida «Tottenxem» tilga olinadi. Londonliklar 1972 yili 2ta o‘yin natijasiga ko‘ra, Angliyaning yana bir vakili «Vulverxempton»ni 3:2 hisobida yengishgan.
*** Umumiy hisobda turnir bosh sovrini 26ta klubga nasib etgan. Shulardan 15tasi 2 yoki bundan ko‘p marta zafar quchgan. «Sevilya» bu borada rekordchi hisoblanadi - Ispaniya klubi 5 marta bosh sovrin sohibiga aylangan.
*** Davlatlar bo‘yicha hisob-kitobda Ispaniya yaqqol yetakchi - bu mamlakat jamoalari hisobida jami 10ta kubok bor.
*** 4ta klub UYEFA kubogi|ELda g‘alaba qozonish barobarida o‘z mamlakatida ham chempion bo‘lgan: «Gyoteborg» (1982 yil), «Galatasaroy» (2000 yil), «Portu» (2003 va 2011 yillar) hamda SSKA M. (2005 yil).
*** «Tottenxem», «Borussiya» M., «Gyoteborg» (2 marta), «Ayaks», «Galatasaroy» va «Feyenoord» klublari kubokni birorta marta mag‘lubiyatga uchramagan holda qo‘lga kiritgan. «Espanyol» esa finalgacha mag‘lubiyatsiz odimlab, hal qiluvchi uchrashuvda imkoniyatni boy bergan.
*** «Gyoteborg» 1980-1987 yillar oralig‘ida UYEFA kubogi doirasidagi 25ta uchrashuvda biror marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan.
Mukofot jamg‘armasi
YEL guruh bosqichiga yo‘l olgan jamoa 640000 yevro oladi. Shuningdek, har bir uchrashuv uchun qo‘shimcha 60 ming yevro beriladi. Guruh raundidagi 1ta g‘alaba esa 140 ming, durang 70 ming yevroga baholangan. «Pley-off» bosqichlari uchun ham alohida mukofot puli ajratilgan: 1|16 final - 200 ming yevro; 1|8 final - 300 ming yevro; 1|4 final - 400 ming yevro; 1|2 final - 700 ming yevro. Finalchiga 2 million nasib etsa, g‘olib jamoa 3 million yevro oladi. Taqqoslash uchun keltirsak, CHL guruh bosqichiga yo‘l olgan jamoaga 3,9 million yevro tegadi.
Homiylar
Tabiiyki, Yevropa klub futbolidagi ikkinchi darajali turnirni moliyalashtirishda ham homiylar katta rol o‘ynashadi. FedEx YELning asosiy homiysi sanaladi. Enterprise Rent-A-Car, Hankook Tire Amstel, UniCredit, Adidas va Konami esa ikkinchi darajali homiy maqomida.
UYEFA kubogi|ELda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar
Juzeppe Bergomi (Italiya) - 96ta Frank Rost (Germaniya) - 89ta Valter Zenga (Italiya) - 69ta
4-5. Enso Shifo (Belgiya) - 66ta
4-5. Valid Badir (Isroil) - 66ta
Mladen Petrich (Xorvatiya) - 63ta Devid Neyri (SHotlandiya) - 62ta Aron Vinter (Gollandiya) - 60ta Juzeppe Barezi (Italiya) - 59ta Alessandro Altobelli (Italiya) - 58ta
UYEFA kubogi|ELda eng ko‘p gol urgan futbolchilar
Xenrik Larsson (SHvesiya) - 40ta Radamel Falkao (Kolumbiya) - 30ta Yurgen Klinsmann (Germaniya) - 29ta Shota Arveladze (Gruziya) - 27ta Klas-YAn Xuntelar (Gollandiya) - 26ta Alessandro Altobelli (Italiya) - 25ta
7-8. Mladen Petrich (Xorvatiya) - 24ta
7-8. Klaudio Pisarro (Peru) - 24ta
Yupp Xaynkes (Germaniya) - 23ta
10-12. Martin Chivers (Angliya) - 22ta
10-12. Diter Myuller (Germaniya) - 22ta
10-12. Karl-Xayns Rummenigge (Germaniya) - 22ta
UYEFA kubogi|ELda eng ko‘p g‘olib bo‘lgan jamoalar
«Sevilya» - 5 marta (2006, 2007, 2014, 2015, 2016)
«Liverpul» - 3 marta (1973, 1976, 2001)
«Yuventus» - 3 marta (1977, 1990, 1993)
«Inter» - 3 marta (1991, 1994, 1998)