Kirish Ro'yxatdan o'tish

TEAMtalk: Rodrigoga 6 klub da’vogarlik qilmoqda

TEAMtalk: Rodrigoga 6 klub da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

APLning birdaniga oltita top klubi "Real" vingeri Rodrigoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda TEAMtalk yozmoqda.

Braziliyalik futbolchining transferini "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari ko‘rib chiqmoqda. Rodrigo Braziliya terma jamoasining jahon chempionati qaydnomasiga kirish umidida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni maqsad qilgan.

Premyer-liganing barcha klublari uning holatini kuzatib bormoqda. Ammo "qaymoqranglilar" Rodrigo ularning rejasida borligini ta’kidlamoqda, shuning uchun transferni qishda amalga oshirish qiyin bo‘ladi. "Real" vinger uchun kamida 80 mln yevro olmoqchi.

Kiritildi: 18:51, 04.12.2025.
O'qildi: 1827 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик