Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Intervyu. Karles Puyol: «Barcha narsaning asosi - mehnat»

Intervyu. Karles Puyol: «Barcha narsaning asosi - mehnat»

Baho:
+ | -

Futbolchilik faoliyati davomida «Barselona» himoyasida mustahkam devordek taassurot qoldirgan Puyol Ispaniya terma jamoasi safida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati oltin medalini ham yutgan. Ammo shunisi borki, unga o‘smirlar toifasidagi mundialda ishtirok etish nasib qilmagan. Ehtimol, shuning uchun ham Karles JCH-2017 tashkilotchilari taklifini mamnuniyat bilan qabul qilib, Nyu-Dehli va Mumbayda tashkillashtirilgan bayramona tadbirlarda maxsus mehmon maqomida ko‘rinish berdi.

Hindistonliklar 6-28 oktyabr kunlariga belgilangan musobaqa o‘yinlari uchun 6ta shahardagi stadionlarni tanlab, ularni talab darajasida tayyorlashga urinmoqdalar. Umuman, hindlar mamlakat hududida o‘tadigan jahon miqyosidagi ilk yirik futbol musobaqasiga katta umid bilan qarashmoqda. Faxriy mehmon - Karles Puyol ham FIFA.com saytiga bergan in-tervyusida Hindistonda futbol istiqbolini ko‘rish, yangi yulduzchalar bilan tanishishga ishonch bildirdi.

- Karles, bilishimizcha, bundan oldin Hindistonga biror marta kelmagan ekansiz...

- Ha, bu ushbu ajoyib mamlakatga birinchi safarim va hind xalqi bilan tanishish oldidan ancha hayajonlanganim rost. Chunonchi, Hindistonning boy madaniyatidan xabardor edim. Misol uchun, mamlakatdagi an’anaviy tibbiyot va mahalliy taomlar haqida ko‘p eshitgandim. Bularning barchasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish juda qiziq. To‘g‘ri, tashrifimdan birlamchi maqsad boshqa - futbol holati va uning qanday rivojlanayotgani bilan tanishish.

- Xo‘sh, kichik mundial o‘yinlari chiptasini xarid qilish masalasida ikkilanayotgan mahalliy muxlislarga qanday maslahat bera olasiz?

- Avvalo, shuni ta’kidlashim kerak, o‘yinni stadionda bevosita va televizor orqali tomosha qilish o‘rtasida osmon va yerchalik farq bor. Axir jonli futbolga nima yetsin! Stadionga tushgan odam birinchi navbatda, o‘zida faollik va harakatni yaqqol his qiladi. Ishonamanki, hindlar bo‘lajak turnir o‘yinlari davomida stadionlarda ajoyib muhitni ta’minlab, futbolni chinakamiga sevishlarini to‘liq isbotlashadi. Shuningdek, Hindiston mundiali bo‘lajak futbol yulduzlarini kashf etishidan umidvorman. Shunday ekan, muxlislarga murojaatim oddiy: kelajak yulduzlarining ilk qadamlariga guvoh bo‘lish imkoniyatidan foydalanib, sportga oshno tutuning!

- Safar chog‘i ulkan loyihada ishtirok etdingiz. «X- million» nomini olgan missiya doirasida tashkillashtirilgan futbol festivalidan qanday taassurotlar qoldi? Ushbu loyiha chindan ham, millionlab hind bolalarini futbolga yo‘naltirish vazifasini uddalayaptimi?

- Qadriyatlarni sport vositasida avloddan avlodga o‘tkazish harakati tahsinga sazovor. Bunday loyihalar bolalar uchun ajoyib imkoniyatdir. Muhimi, ular shu asnoda qadriyatlar mohiyatini anglab, nafaqat sportda, balki butun hayotda qalban ishlash orqali maqsadga yetish mumkinligini tushunsalar, bas. Ayniqsa, futbolda jamoaviy birdamlik muhim ekanligi barchaga ayon. Bolalar ham buni vaqtida teran anglasalar, kelajakda qandaydir muammolar oldida yengilgina taslim bo‘lmaydilar. Misol uchun, sportda hech kim mag‘lubiyatdan himoyalanmagan va omadsiz o‘yinlardan keyin eng asosiysi - kuchli ishtiyoqni saqlab qolish, jamoadoshlarga bu masalada o‘rnak ko‘rsatish. Shuningdek, sport chin insoniylik fazilatlarini shakllantirishda ham yordam berishi shart. Festivallar maqsadi esa bolalar ongiga shularni sindirish. Zero, bu hayot sabog‘idir.

- Garchi futbolda uzoq vaqt samarali faoliyat olib borgan bo‘lsangizda, o‘smirlar toifasidagi jahon chempionatida ishtirok etmagansiz. Aytingchi, bunday turnirlarda qatnashgan jamoadoshlaringizga biror marta hasad bilan qaraganmisiz? Deylik, ular o‘z xotiralarini eslashgan payt qandaydir alamni his qilgandirsiz...

- Yo‘q, bu masalada hasad qilish ham, afsuslanish ham o‘rinsiz. Zero, futbol bilan nisbatan kechroq shug‘ullana boshlaganman. Shunga muvofiq, aytaylik, U-17 toifasidagi jahon chempionatida o‘ynash xayolimga ham kelmagan. Xususan, men uchun ilk xalqaro turnir - bu U-21 termasi safida o‘tgani. Umuman, hech qachon sheriklarimga boshqa masalalarda ham hasad bilan qaragan emasman, aksincha, ularning yutuqlaridan shodlanib, o‘z ustimda yanada jiddiyroq ishlashga harakat qilardim. Chunonchi, hasad hech narsa olib kelmaydi, barchasining asosi - mehnat.

- Sizningcha, futbolchilar uchun bu kabi turnirlarda ishtirok etish nechog‘li muhim?

- Tabiiyki, kichik mundiallarning bo‘lajak yulduzlar faoliyatida tutgan o‘rni juda katta. Qolaversa, bu musobaqalar yigitlarga turli mamlakatlardagi tengdoshlari bilan eng yuqori darajada raqobatlashib ko‘rish imkoniyatini beradi va yoshlar shu orqali professional faoliyatga ilk qadamlarni tashlashadi. To‘g‘ri, hammaga ham kichik jahon chempionatlarida qatnashish baxti nasib etmaydi va bu nimadir tugaganini anglatmaydi zinhor. O‘z misolimda aytsam, U-17 yoki kichikroq yosh toifasidagi xalqaro turnirlarda biror marta qatnashmagan bo‘lsamda, futbol olamida yetarlicha o‘ynadim, faoliyatim chakki chiqmadi. Bundan faxrlansam arziydi, albatta.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:39, 29.05.2017.
O'qildi: 4789 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.