Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

“YUventus”ning “Real”ga atagan 5 ta “ajal”i

“YUventus”ning “Real”ga atagan 5 ta “ajal”i

Baho:
+ | -

3 iyun kuni Kardiffda Madridning “Real”ini jiddiy sinov kutib turibdi.

Zayniddin Zidan shogirdlari YECHL finali uchun kechadigan o‘yinda “Yuventus”ga qarshi to‘p surishadi. Yevropa Chempionlar ligasi ketma-ket ikki marta qo‘lga kiritish qanchalik yoqimli bo‘lsa, “Yuventus”ni finalda mag‘lub etish shunchalik mashaqqatlidir. Xo‘sh, Turin klubi nega “Real” uchun noqulay raqib hisoblanadi? “Yuventus”ning qaysi futbolchilari “qirollik klubi” uchun xavf tug‘dirishi mumkin? Quyida shu haqda fikr yuritamiz.

GONSALO IGUAIN

Shak-shubhasiz, ayni damda Iguain “Yuventus”ning eng xavfli qurollaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ortiqcha vazni bo‘lishiga qaramay, argentinalik futbolchi hujum chizig‘ida kerakli vaqtda paydo bo‘ladi va himoyachilarni ortda qoldirib keta oladi. Uning kutilmagan to‘p oldida paydo bo‘lishi “Real” himoyachilari uchun haqiqiy boshog‘riq bo‘lishi tayin. Qolaversa, Iguain “Real”da o‘ynagan va jamoaning o‘yin uslubi bilan tanish. Umuman olganda, Zidan aynan shu hujumchini qo‘riqlash uchun alohida himoyachi tayyorlasa ham zarar qilmaydi.

LEONARDO BONUCHCHI

Bu himoyachiga shaxsan “Real”ning o‘zi bejizga qiziqqani yo‘q. Aftidan, Madrid klubi mutasaddilari Bonuchchining mustahkam qo‘rg‘on ekanligiga ishonib ulgurishgan ko‘rinadi. Albatta, bu bejizga emas. Finalda Bonuchchi Benzemani ham, Ronalduni ham, Iskoni ham, umuman, kimni qo‘riqlashi kerak bo‘lsa, o‘sha futbolchini zararsizlantira olishi tayin. Bonuchchi — “Real” hujumchilari uchun chinakam boshqotirma. Bu boshqotirmaning yechimini topish uchun esa, odatda, hujumchilarga 90 daqiqa kamlik qiladi. “Real” uchun eng yomon jihat esa “Yuventus” himoyasida yana shunday uchta boshqotirma mavjud ekanligidir.

XUAN KUADRADO

“Yuventus”ning akkumulyatori deya atalayotgan bu futbolchining tezligi madridlik himoyachilarni ancha ter to‘kishga majbur qilishi tayin. Uning qanotdan katta tezlikda raqib jarima maydoniga yorib kirishi oldini olish juda qiyin bo‘lgan xavfli bo‘ron kabidir. U aynan shunday o‘yinlari bilan juda ko‘plab jamoalarning dodini bergan. “Real”ning qanot yarim himoyasi va himoyasida o‘ynaydigan futbolchilar esa Kuadradoni to‘xtatish uchun arzirliroq usul o‘ylab topishlari lozim.

PAULO DIBALA

Texnika, dribling, tezkorlik va kutilmagan qarorlar — bunday jihatlar “qirollik klubi” a’zolari xushlamaydigan jihatlar hisoblanadi. Boisi bir qancha o‘yinlarda Leo Messi aynan shunday jihati bilan ularni dog‘da qoldirgan. “Yuventus”da esa yuqoridagi jihatlarga ko‘ra Messidan qolishmaydigan futbolchi — Dibala bor. Uning kimni qachon qanday qilib aldashi va to‘pni kimga uzatib berishi yoki darvozaga zarba yo‘llashini hech kim oldindan bila olmaydi. Demak, himoyachilar Dibalaga qarshi hamma narsaga tayyor turishlari kerak.

JANLUIJI BUFFON

Bu endi eng katta muammo. Qanotdan to‘p uzatib bosh bilan zarba berish, markazdan kuchli zarba yo‘llash, jarima zarbalarini qoyilmaqom qilib amalga oshirish — bunday usullar bilan Buffonni dog‘da qoldirish qiyin. U ayni damda shunchalik professionalki, oddiy uslublar bilan unga gol ura olmaysiz, aslo! Demak, BBC va Zidan shunday uslub o‘ylab topishlari kerakki, Buffon bu usulni yetti uxlab tushida ham ko‘rmagan bo‘lsin, bunday o‘yinni umuman kutmasin. Boshqa har qanday oddiy zarbalar Buffon uchun hech narsa emas.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 14:23, 30.05.2017.
O'qildi: 24401 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.