Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi o‘quvchilari «Yuventus»nikidan ikki marta ko‘proq

Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi o‘quvchilari «Yuventus»nikidan ikki marta ko‘proq

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni ijtimoiy tarmoqlarda butun «Yuventus» tarkibidagi futbolchilardan 2,3 barobar ko‘proq odam kuzatib boradi. Bunda gap Twitter, Instagram hamda Facebook tarmoqlarining umumiy ko‘rsatkichi haqida boradi.

Portugaliyalik hujumchining uchta tarmoqdagi umumiy kuzatuvchilari 270 million kishini tashkil qiladi, deb ma’lumot bergan CupoNation kompaniyasi. «Yuventus» asosiy tarkibiga kiruvchi 26 nafar futbolchining umumiy o‘quvchilari soni esa 117 millionga teng.

Turinliklar sharafini himoya qilayotgan Dani Alvesh qolgan jamoadoshlaridan ilgarilab ketgan — 30 million o‘quvchi. Braziliyalik futbolchi bu borada Krishtianudan 9 marta ortda qolib ketgan.

«Real»ning barcha futbolchilarini umumiy 743 million kishi kuzatib boradi. Bu «Yuventus» ko‘rsatkichlaridan 6 marta yaxshiroq deganidir.

3 iyun kuni «Real» va «Yuventus» klublari Chempionlar ligasining finalida o‘zaro to‘qnash keladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:08, 02.06.2017.
O'qildi: 4421 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.