Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qatarda yangi jamoa - «Ad-Duhayl» tashkil qilindi

Qatarda yangi jamoa - «Ad-Duhayl» tashkil qilindi

Baho:
+ | -

Qatar Yulduzlar ligasida yangi klub paydo bo‘ldi - «Ad-Duhayl». Bu jamoa quyi diviziondan elitaga yo‘l olgan debyutant emas yoki noldan tuzilgani ham yo‘q. To‘g‘ri, jamoa yangitdan tashkil etildi, faqat eski «Lahviya» va «Al-Jaish»ning birlashishi hisobiga. Aslida ushbu kichik mamlakatda sport klublarini bir me’yorda ushlab turish u qadar murakkab ish hisoblanmaydi, ammo ular obro‘sini ko‘tarish va loaqal Osiyo darajasida yanada tanitish - murakkab masala. Avvalgi safar BAA pro-ligasi xususida maqola yozib,  bosh murabbiylarga zarur jihatlar xususida mulohaza yuritgandik. Navbatdagi maqolamiz Qatar futbolida klublarning paydo bo‘lishi va ularning ligaga qo‘shilib ketishi jarayoni xususida.

Dastavval

2016|2017 yillar mavsumi yakuniga ko‘ra, Qatar Yulduzlar ligasida Jamol Belmadi boshqaruvidagi «Lahviya» chempionlikni tantana qildi. Hamyurtimiz Sardor Rashidovning jamoasi - «Al-Jaish» esa 4-o‘rin bilan cheklandi. Abdulloh bin Nosir al Taniga tegishli «Lahviya» Yulduzlar ligasiga 2010 yili qo‘shilgan bo‘lsada, aslida ancha oldin tuzilgan. Jamoa o‘z faoliyatini uzoq 1938 yili «Al-SHorta» nomi ostida boshlagan. Biroq arab sport jurnalistikasi ham klubning «tug‘ilgan» vaqti sifatida 2009 yilni ko‘rsatadi. E’tiborlisi, bu jamoa Yulduzlar ligasiga chiqqanidan buyon 5 marta chempion bo‘ldi. Umuman, u ayni payt mamlakatning eng boy jamoasi hisoblanadi. «Lahviya» xo‘jayi­ni 2010 yili «Malaga»ni Lorenso Sansdan sotib olgach, Yevropada ancha tanildi. Qatarliklarning JCH-2022 mezbonligini qo‘lga kiritishlarida ham al Tanining hissasi katta. Mana, oradan 8 yil o‘tib, «Lahviya» va «Al-Jaish» birlashtirildi. Bundan ko‘zlangan maqsad - xalqaro arenada ham yaxshiroq natijalarga erishish.

«Al-Jaish»ga kelsak, Fors ko‘rfazida muxlislar bu jamoani «armiya klubi» sifatida bilishadi. «Armiyachilar» jamoasi «Lahviya»dan 2 yilcha oldin tashkil etilgan. «Jaish» moliyaviy qudratga ega bo‘lsada, OCHLda muntazam ishtirok etolmadi. Aslida jamoa potensiali yuqori, lekin tajriba yetishmasligi bois, xalqaro arenada omadsizlikka uchrayotgandi.

Birlashish pallasi

Tabiiyki, birlashuvdan so‘ng ikki sport klubi infratuzilmasi ham o‘zaro uyg‘unlashtiriladi. Boshqa sport turlari masalasi tushunarli, lekin futbol jamoalari ustida anchagina bosh qotirish talab qiladi. Qarang, oxirgi mavsumda «Lahviya»ning marokashlik hujumchisi Yusuf al Arabi 24ta gol urdi, «Al-Jaish» vakillari - Romarinyo va Sardor Rashidov esa raqiblar darvozasini 14 martadan ishg‘ol qilishdi. Ma’lumotlarga qaraganda, «Jaish» futbolchilari yangi klubga o‘tish xususida jiddiy taklif olishmagan. To‘g‘ri, bu klub vakillari ham ko‘chada qolib ketmaydilar, albatta. Lekin birlashtirish g‘oyasi mohiyati shu joyda yo‘qolib qolyapti. Aslida ikki klub yetakchilarini bitta jamoa qanotida birlashtirish kerak emasmidi? Misol uchun, ayni payt Sardor Rashidovga BAAning kamida 5ta jamoasi da’vogar, Romarinyo Saudiya klublari e’tiborida turibdi, Murod Naj Husayn esa «Al-Rayyan»dan taklif olgan. Ha, mavsum-2017|2018 startigacha yetarlicha vaqt bor, ammo yangi klub rahbariyati tarkib masalasini tezkor ravishda hal etmoqchi.

OCHLga qaysi klublar chiqadi?

2018 yilgi OCHL masalasi aniq. Doxa megapolisining Duhayl tumaniga ko‘chib o‘tadigan yangi klub va «Al-Sadd» guruh bosqichida o‘ynaydi. 3-o‘rin sohibi - «Al-Rayyan» esa «pley-off»da ishtirok etadi. «Ad-Duhayl» OCHLda g‘olib chiqish asnosida Klublar o‘rtasidagi JCHga yo‘l ochishni ko‘zlamoqda. Shunday holatda Qatar ligasi uchun ajratiladigan OCHL kvotasi «2+1»dan «3+1»ga ortishi mumkin.

Negaligini bilasizmi?

Fors ko‘rfazidagi chempionatlarga nazar solib, mahalliy mulkdorlar klublarga katta pul sarflashlariyu, bundan kutilgan natija chiqmasligidan hayron qolasan kishi. «Lahviya» ham, «Jaish» ham chempionatdagi eng «kenja» klublardan edi va tushunarliki, ular mohiyatan sarmoya loyihasi sanalgan. Ya’ni bu jamoalar biznes-reja asosida tuzilgan. Tahlilchilar ishbilarmonlarga daromaddan ko‘ra, xarajat ko‘proq bo‘lishini batafsil tushuntirishgan ham. Zero, yangi loyihalar doimo omma e’tiborida turadi. Mana, arab dunyosidan tashqarida yetarlicha mashhurlikka erishish na «Lahviya» va na «Jaish»ga nasib etdi. Taqqoslash uchun, Xitoy futbolidan «Shanxay SIPG» yoki «Guanjou Evergrand»ni olaylik. Ular haqida dunyo-ning istalgan nuqtasida eshitishgan. Qatar futboli esa... Deylik, biz bu mamlakat jamoalari o‘yinlarini faqat OCHL tufayli kuzatamiz. Hamyurtlarimiz Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sanjar Shoahmedov, Sanjar Tursunov va Sardor Rashidov klublari haqida ham yetarli ma’lumotga ega emasmiz. Ha, «Jaish»da munosib to‘p surgan Sardorga xaridor klublar borligidan xabardormiz, lekin chempionatda 6-7-o‘rinlarni egallagan «Umm Salal» va «Al-Xaraytiyat» rejalari biz uchun mavhum.

Pul tikilgach...

Arab futbolida klublarning birlashishi, yangidan tashkil topishi yoki yo‘qlik sari singishi oddiy hol emas, albatta. Mana, Germaniyada «kenja» klublardan biri - «RB Leypsig» bir urinishda vise-chempionlikka erishib, YECHLga chiqdi. Arab dunyosida bitta jamoaning birdaniga shohsupaga ko‘tarilishi uchun  tarkibi faqat yulduzlardan iborat bo‘lishi va bosh-qa jamoalarda butun mavsum jiddiy muammolar bo‘y ko‘rsatishi talab etiladi. Boy ishbilarmonlar o‘z klublari ishtirokidagi bahslarni kuzata turib, tikilgan pul nega ko‘paymayotganini o‘ylamaydilar, chog‘i. Ular «Nega mening nomim tilga olinmay qo‘ydi?» yoki «Nima uchun e’tibordan chetda qolyapman?» qabilidagi savollar ustida ko‘proq bosh qotirsalar kerak. Qolaversa, klublarda sport direktorlari u qadar faol emaslar. Aniqrog‘i, bosh murabbiy yoki xo‘ja-yin yaqinlaridan biri xaridorlar uchun ko‘p pul sarflab yuboradi, transferlar jarayoniga haqqoniy baho beradigan tahlil guruhi yo‘q. «Ad-Duhayl» professional klub sifatida ikki jamoa o‘rnini egallar ekan, o‘tmishdoshlari xatosini takrorlamasligi kerak...

Qatar oliy divizioni

Rasmiy nomi: Qatar Yulduzlar ligasi

Klublar soni: 14ta

Futbolchilar soni: 444 nafar (105 nafari legioner)

Futbolchilarning o‘rtacha yoshi: 27,8

Eng ko‘p chempion bo‘lgan klub: «Al-Sadd» (12 marta)

Amaldagi chempion: «Lahviya» (Doxa)

Chempionatdagi eng qimmatbaho futbolchi: Yusuf al Arabi («Lahviya», 5,1 mln. funt)

Chempionatdagi barcha futbolchilarning umumiy transfer narxi: 96,88 mln. funt (23 may holati bo‘yicha)

Chempionatning TV-hamkorlari: Al Jazeera Sports, Al-Kass

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:24, 04.06.2017.
O'qildi: 5596 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.