Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

O‘zbekiston — Tailand: terma jamoamiz g‘alaba qozonishga majburmi yoki...

O‘zbekiston — Tailand: terma jamoamiz g‘alaba qozonishga majburmi yoki...

Baho:
+ | -

Bugun soat 20:00 da Tailand terma jamoasiga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Bu terma jamoamiz uchun yaqinda o‘tkaziladigan Eronga qarshi jahon chempionati saralashi doirasidagi o‘yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Shu boisdan bir qator savollar tug‘iladi, xo‘sh, terma jamoamiz mazkur o‘yinda g‘alaba uchun harakat qilishi kerakmi yoki taktikalarni sinovdan o‘tkazishi kerakmi? Bu o‘yindan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?

Avvalambor ta’kidlash kerakki, raqib sifatida Tailandning tanlanishi biroz hafsalamizni pir qildi. Yo‘q, raqibni kamsitmoqchi emasmiz, shunchaki biz Eronga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun raqib tanlashimiz kerak edi. Raqibning darajasi esa Eronniki bilan teng bo‘lishi kerak edi kamida. Mayli, muhimi, shu o‘rtoqlik uchrashuvi hartugul bekor qilinmadi va bugun Tailandni sinovdan o‘tkazamiz yoki sinovdan o‘tamiz.

Bu o‘yindan ko‘zlangan maqsad terma jamoamizning ayni damda qanday jismoniy holatda ekanligini aniqlash. Demak, Samvel Babayan uchun bugun stadion tajriba maydonchasiga aylanishi lozim. Futbolchilar qanday qilib bo‘lmasin gol urishga emas, chiroyli harakat qilishga, kutilmagan taktikalarni o‘ylab topishga, sovuqqon o‘ynashga, yangi-yangi uslublarni kashf qilishga harakat qilishlari lozim. Chunki bugungi g‘alaba bizga hech narsa bermaydi agar u yana o‘sha eski uslub asosida qo‘lga kiritilsa. Ehtimol, terma jamoalar reytingiga ta’sir qilar, ammo bu reyting nisbiy va keraksiz tushuncha ekanligini allaqachon anglabetganmiz. Demak, Samvel Babayan mazkur o‘yinda Eronga qarshi kutilmagan va aniq taktikalarni, noodatiy uslublarni sinab ko‘rishi kerak.

Eng asosiy masala esa, tabiiyki, mahalliy futbolchilar va legionerlarimiz o‘rtasidagi bog‘liqni ta’minlash, ularning bir-birini tushunib olishlariga zamin yaratish. Buning uchun faqat mashg‘ulotlarning o‘ziyetarli bo‘lmaydi, Tailandga qarshi o‘yin esa mahalliy futbolchilarimiz va legionerlarimizning o‘zaro til topishib ketishlarida muhim omil bo‘lishi lozim, toki Eronga qarshi matchda Temurxo‘ja Abduxoliqov yarim himoyachilar unga qachon va qaysi paytda to‘p uzatishlarini bilib olsin, yarim himoyachilarimiz esa hujumchilarimiz bilan qanday harakat qilishni oldindan rejalashtirsin va ana shu rejalarni Tailandga qarshi o‘yinda sinab ko‘rsin. Bizga bugungi o‘yinda odatdagidek eski taktika asosida qo‘lga kiritilgan g‘alaba kerak emas. Biz Tailandga qarshi matchda murabbiylar shtabi shu paytgacha qanday mehnat qilganini, qanday o‘zgarishlar qilganini ko‘rishni istaymiz. Biz Tailandga qarshi o‘yinda futbolchilarimiz murabbiylar shtabidan qanday yangiliklarni o‘rganganini ko‘rishni istaymiz. Biz Tailandga qarshi o‘yinda terma jamoamizning Eronga qarshi o‘yinga qanchalik tayyor yoki tayyor emasligini ko‘rishni, g‘alabadan umid qilsak bo‘ladimi, yo‘qmi, degan savolga javob olishni xohlaymiz. Umid qilamizki, javob ijobiy bo‘ladi.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 13:13, 06.06.2017.
O'qildi: 6227 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.