Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xayrulla Hamidov maqolasi: Kelajak qachondan boshlanadi?

Xayrulla Hamidov maqolasi: Kelajak qachondan boshlanadi?

Baho:
+-1 | -

“Lester” ertagi muallifi Ranyeri jamoasining chempionlikka katta qadam qo‘yadigan o‘yini oldi shogirdlariga shunday deydi: “Hammangiz yoshligingizda ertak eshitgansiz. Lekin kattarganingizdan so‘ng o‘sha ertaklar qayoqqadir yo‘q bo‘lib qoldi. Hech kim topolmadi, to‘g‘rimi? Bugun londonliklarni yengsangiz, o‘sha ertak hayotga qaytishi mumkin. Bir martaga bo‘lsa ham qaytishi mumkin. Shu ish sizning qo‘lingizda. Yerliklar uchun berilgan birgina imkoniyat sizga berildi. Shuni his qilib o‘ynasangiz bo‘ldi, boshqa gapim yo‘q!”

O‘zbekiston terma jamoasi oldida mavsumning eng zo‘r o‘yini turibdi. Yo bor qiladigan, yo yo‘q qiladigan. Tayyorgarlik haqida, tarkib haqida xo‘p va ko‘p gapirilgan. Ochig‘i, bu masalada tanqid qilishdan ko‘ra Babayanni himoya qilish uchun jurnalistga katta yurak  kerak bo‘lib qoldi (shukr, shunaqa zamonlarga ham yetib keldik!)

Men hozir boshqa masalaga e’tibor qaratmoqchiman. Bu masala yaqinda kimdirlar tomonidan qo‘zg‘alib qolishi mumkin. Shu qadar chigal va ayyor mavzuki, uni turli davrlarda turli odamlar gapirishga odatlanishgan. Lekin ularning o‘sha gaplari o‘sha payt uchun mutlaqo xolis bo‘lmaydi va murabbiyni himoya qilish uchun aytilgani ma’lum bo‘ladi. Yutqazganimizdan so‘ng yangraydi odatda bu gaplar. Murabbiyning yollangan advokatlaridan kutasiz bu gaplarni.

 “Biz Jahon chempionatiga arziymizmi?

Chiqadigan bo‘lsak, sharmanda bo‘lib qaytmaymizmi?

Munosib bo‘lganimizdan keyin chiqqanimiz yaxshimasmi?”

Asab tolalarimni oxirigacha titratib yuboradigan savol. Himoya qilish uchun boshqa tuzukroq gap topmadingmi, nonko‘r, degilarim kelib ketadi yozg‘uvchi do‘stimga. Xunuk odam bo‘lib tuyuladi shu savolni berayotgan kimsa. Bu savolni Vatan terma jamoasi borasida o‘z maqsadi yo‘lida yo‘llashni boshlaganlarning ko‘ziga qaragim keladi. Yolg‘onning rangini ko‘raman. Yiltillagan yolg‘on rangini.

“Oriat dono”dagi dasturimizda ham shu masala yuzasidan ko‘p tortishib qolamiz: “Tasodifiy jamoalarning porlashi qanchalik muhim?.. ular futbolga zararmi?.. “Lester”ga o‘xshash jamoalar futbolga qay suratda naf keltiradi?.. ularning vaqtinchalik porlashi va keyinchalik so‘nib ketishi oqibatida yoqilgan umid shamchiroqlari izg‘irin o‘chirib tashlaganidek qorong‘ulikka mahkum etlmaydimi?”

Tarixan porlagan va juda tez so‘ngan jamoalarni eslar ekanmiz, ikki tomonga-da yetarli argument topsak bo‘ladi. “Foyda keltirmaydi, qaytanga, muxlislarga o‘tmish bilan qolib ketishdek fojiani taqdim etadi”, deguvchi tomon, tabiiyki, “Parma”, “Blekbern”, “Lids”, o‘zimizdan esa, “Do‘stlik”, MHSK, “Surxon”, “Atlaschi” va shunga o‘xshash hozirda nomlari tarix sahifasiga kirib ketgan klublarni fakt o‘laroq aytadi va o‘zini g‘olib biladi.

“Yo‘q, jamoa porlagach, mavqeini ushlab qolib, gigantlar safida qola bilgach, futbol rivojiga katta turtki berishi mumkin” deguvchi tarafga “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Atletiko”, o‘zimizdan esa, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari yordamga keladiki, aynan ular ustida olib borilgan loyihalar muvaffaqiyatli chiqqani kishini kelajakka umid bilan qarashga majbur etadi. Xullas, bu masala uzoq tortishuvli va o‘rtasida kesishadigan bitta nuqta ham bor: “jamoaga porlab chiqishi eng muhim jihat emas, balki uning davomiyligi ahamiyatli. Shundagina har qanday klub ilk porlagan onlari bejiz ketmaganini isbotlaydi”, deguvchi toifa.

Shaxsan menga farqi yo‘q. Nazdimda, kelajak ta’minlanmasa ham kurashaverish kerak. Futbolga zarar berib qo‘ymasmikanman, degan xavotir bilan gigantlar safiga yorib kirishdan cho‘chimaslik kerak, deb hisoblayman. Islandiya Yevroni larzaga keltirdi, lekin “xo‘sh, endi ular qayoqda?” deguvchilarni jinim suymaydiki, islandlar kelajakda umuman katta futbolga qaytishmasa ham, shu ishni qilganliklari bilan-da yuraklarga muhrlanib qolishganini katta baxt deyman.

Kelajakni o‘ylagan qahramon bo‘lolmaydi. Inson kelajak uchun mas’ul emasligi uchun ham buguniga javob bersin, tamom. Shunday ekan, “Lids” yo “Parma” kabi yo‘q bo‘lib ketishdan cho‘chib, ular chiqqan mavqeni orzu qilmaslik g‘irt qo‘rqoqlik va nodonlikdir. Magaramki, shunday favqulodda porlashlar bo‘lmas ekan, ishonavering, bugungi futbol hozirgidek jozibali bo‘lmasdi. Suyukli Yevropa futboliga nazar tashlang, mana shu kurashlar natijasida, o‘rtamiyonalarning porlashi natijasida doimgi gegemonlar ham o‘z o‘yinlarini kuchaytirib yashashmoqda. APL bu masalada namuna bo‘lsa, hatto ikkita jamoasidan boshqa lideri yo‘q deyiladigan Ispaniya premyerosida ham o‘sha ikki qirol jamoasini o‘rtamiyonalar yer tishlatayotganini, turnir masalasini aynan o‘sha o‘rtamiyonalar hal qilishayotganini ko‘ryapmiz. Messi va Ronaldusi bor klublarga qarshi har bir jamoa tish tirnog‘igacha qurollanib chiqmasa, ikki megayulduz yanada yuksalikka intilarmidi, barqarorligini saqlab qolarmidi?!

Vatan terma jamoasi maydonga tushib kelganida, ayniqsa, inson bu mantiqlardan chetlanishi kerak. Kelajakda Senegal yo Vengriya singari yo‘q bo‘lib ketmasmikanmiz yo Shimoliy Koreyaga o‘xshab sharmanda bo‘lib qaytmasmikanmiz, degan xavotirli o‘y suradigan bo‘lsak, yaxshisi futbol o‘ynamaganimiz ma’qul. Bu fikrlarning o‘zi hech qachon qahramon bo‘lolmasligimizni, nomimiz “tog‘larning orasidan” nariga o‘tmasligini bildiradi. Agar biz kelajak yaratmoqchi bo‘lsak, o‘sha kelajak bugundan boshlanishini bilishimiz kerak. Kelajak ertadan emas, aynan bugundan boshlanishini idrok etishimiz shart.

Hozirda juda ko‘pchilik Yevropa vakilini o‘rtoqlik o‘yinida dog‘da qoldirgan Eron termasi Babayan shogirdlarini mag‘lub etadi degan taxminda. Bu taxminga sabab bo‘ladigan omillar talaygina. Yashirishning keragi yo‘q. Lekin butun dunyo ishonmay turgan lahzada faqatgina futbolchilarda ishonch degan tuyg‘u topilsa, dunyoning fikri ustun kelolmasligini ko‘p kuzatganmiz.

Hozir menga biror bir futbol mutaxassisining fikri qiziq emas. Hatto terma jamoamiz bosh murabbiyining fikri ham. Futbolchilar nima o‘ylashyapti – shu qiziq. Maydonga tushib keladigan 11 yigit Erondan o‘ta olishlariga ishonishsa, bizning kelajagimiz 12 iyun kuni Tehrondagi o‘yindan boshlab yozilajakligiga ishonaman. Ular nimalariga ishonib aytishadi bu gaplarini, qaysi kuchlariga tayanib shunday fikr bildiradilar, ochig‘i bu ham qiziq emas. Ishonishsa bo‘ldi. Bolalar ertakka ishongandek ishonib berishsa – bir martagina shunday ishonib berishsa – ularga ishonmayotgan hamma uyalib qolishiga ishonaman.

…Eronni yenga olishimiz mumkinligiga boshqa hech qanday turtki ko‘rmayotganim va boshqa argument topa olmaganim uchun shu mavzuga zo‘r berdim, uzr!

Xayrulla HAMIDOV, «Erudit Sport» gazetasi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 10:30, 12.06.2017.
O'qildi: 11504 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.