Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Angliya premyer ligasidagi eng yaxshi pleymeyker kim bo‘ldi?

Angliya premyer ligasidagi eng yaxshi pleymeyker kim bo‘ldi?

Baho:
+ | -

Futbolda birinchi o‘rinda natija tursa-da, biroq natijaga yetishish yo‘lida qilingan mashaqqatlardan bahra olishga yetadigani bo‘lmasa kerak. Maydonda futbolning nozik tomonlarini, haqiqiy chiroyini ko‘rsatadigan futbolchilar, albatta, bo‘ladi. Ularning harakatini kuzatish juda ham maroqlidir. Bular pleymeykerlar!

Atamalogiya

Odatda, pleymeykerlar deb hujumkor yarim himoya pozisiyasida o‘ynaydiganlarni va hujumni yakunlovchi pas beradigan futbolchilarni nazarga tutishadi. Biroq to‘liq ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, kim hujumni tashkil qilishda katta rol o‘ynasa va o‘yinni boshqarsa, o‘sha futbolchini bemalol pleymeyker deb atashimiz mumkin. Masalan, Andrea Pirlo yoshligida tayanch yarim himoyasidan turib yakunlovchi paslar bergan, Leonardo Bonuchchi himoyadan turib pleymeykerlik qilyapti. Antonio Konte hozir David Luizni “Chelsi”da mana shu vazifada o‘rgatmoqda, ya’ni himoyadan turib pleymeykerlik qilishga.

Lider

Oxirgi turdan so‘ng 3 ta futbolchi natijani 10 tadan ko‘tara olishdi. Bularning orasida yaqqol peshqadamlik qilgan futbolchi bu Kevin de Bryuyne. Belgiyalik yarim himoyachi hisobida 17 ta assistentlik mavjud. Gvardiola uni qaysi pozisiyada o‘ynatmadi deysiz, o‘ng-chap qanot yarim himoyalarida, hujumkor yarim himoyada va hatto markaziy yarim himoyada ham. Ko‘p holatda u joyini jamoadagi yana bir kreativ futbolchi — David Silva bilan almashtirib turardi. Shunday bo‘lsa-da, Kevin yaxshi mavsum o‘tkazmoqda, biroq gol urish bo‘yicha ochiqchasiga omadi kelmayotganini tan olish kerak. Juda ko‘p zarbasi darvoza ustuni yoki to‘siniga tekkan.

Ko‘rinmas lider

De Bryuynedan so‘ng ikkinchi o‘rinda Gyulfi Sigurdsson bormoqda. Gyulfi gol+pas bo‘yicha Kevindan oldinda, 14 ta assistentlik qilgan bo‘lsa-da, Kevindan ko‘ra ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Aynan Sigurdssonning sa’y-harakatlari va yetakchiligi evaziga “Suonsi” APLda jon saqlab qoldi. Mavsum davomida islandiyalik futbolchini murabbiy ikki pozisiyada harakat o‘ynatdi. Agar jamoa ikki hujumchi bilan harakat qilsa, Gyulfi hujumkor yarim himoyachi vazifasida tushadi, agar 3 ta hujumchi bo‘lsa, chap qanot hujumchisi sifatida harakat qiladi. Ikkinchi rol unga ko‘proq ma’qul, shekilli, shu pozisiyada ko‘proq assistentlik qilgan. Gyulfi “Suonsi” urgan 41 goldan 21 tasida ishtirok etgan. Bu tahsinga loyiq holatdir.

Qolganlar

Yana bir guruh pleymeykerlar bor, ajoyib texnikaga ega, kreativ futbolchilar, biroq ularga davomiylik yetishmadi. O‘zil, Mata, Fabregas — hammaning o‘rni har xil. Kimdir bir maromda harakat qilmadi, kimdir juda kam maydonga tushgan, kimnidir esa jamoadoshlari pand berishgan. Ularga mavsumdagi holat yetishmadi. Bu futbolchilar nimaga qodir ekanliklarini hamma juda ham yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham ulardan keyingi mavsumda yana avvalgi o‘yinlarini kuchaygan holatdagisini kutib qolamiz.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 19:53, 14.06.2017.
O'qildi: 7711 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.