Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Kilian Mbappe kutilmaganda APLga yo‘l olishi mumkin

Kilian Mbappe kutilmaganda APLga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+1 | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappening jamoadagi kelajagi borasida kutilmagan xabarlar tarqaldi. Football Insider nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Angliyaning «Liverpul» klubi fransiyalik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar agar «Real» futbolchini sotishga rozi bo‘lsa, shu yozdayoq transferni amalga oshirishga harakat qilib ko‘rishadi. Hozircha Madrid klubining o‘z yetakchisini qo‘yib yuborish-yubormasligi noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2024 yilda «PSJ»dan «Real»ga erkin agent sifatida o‘tgan edi. Uning «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransuz futbolchisi «qaymoqranglilar» safida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchining bozor qiymatini ayni damda 200 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:32, 10.05.2026.
O'qildi: 29742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик