Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

UFC 328: Striklend va Chimayev o‘rtasidagi to‘qnashuv hakamlar qarori bilan yakunlandi

UFC 328: Striklend va Chimayev o‘rtasidagi to‘qnashuv hakamlar qarori bilan yakunlandi

Baho:
+ | -

Bugun, 10 may kuni AQSHning Nyuark shahrida navbatdagi UFC 328 turniri bo‘lib o‘tdi. Kechaning markaziy jangida BAA sharafini himoya qiluvchi Xamzat Chimayev va amerikalik Shon Striklend o‘zaro to‘qnash kelishdi.

O‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun kechgan bahs to‘liq besh raund davom etdi. Jang yakunida hakamlarning qaroriga ko‘ra, Shon Striklend g‘alaba qozongan deb topildi va u chempionlik kamarini yana qaytarib oldi.

Ushbu natijadan so‘ng Xamzat Chimayevning professional MMAdagi ko‘rsatkichi 16 ta jang, 15 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatni tashkil etmoqda. Bu Xamzat uchun faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Shon Striklend esa o‘z hisobidagi g‘alabalar sonini 31 taga yetkazib oldi (7 ta mag‘lubiyat).

Eslatib o‘tamiz, Xamzat Chimayev avvalgi jangida Drikus dyu Plessini mag‘lub etib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Striklend esa ushbu jangga qadar Entoni Ernandesni nokautga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:52, 10.05.2026.
O'qildi: 2795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик