Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol 5-1 Port
14/10 15:00 Vissel Kobe 2-0 Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib 1-0 Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf 1-2 Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda
14/10 21:45 LASK 3-6 Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord 3-2 Komo
14/10 23:59 Manchester Siti 2-4 PSJ
14/10 23:59 Roma 3-4 Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa 6-0 Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis 3-2 Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt 1-0 Borussiya D
14/10 23:59 Slovan 0-3 Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor 3-1 AEK

YECHL: «Sabah» tarixiy g‘alabaga erishdi, «Sporting» esa «Lans»ni mag‘lub etdi

YECHL: «Sabah» tarixiy g‘alabaga erishdi, «Sporting» esa «Lans»ni mag‘lub etdi

Baho:
+-1 | -

13 oktyabr kuni UEFA Chempionlar ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ozarbayjonning «Sabah» klubi Boku shahridagi «Olimpiya» stadionida Chexiyaning «Slaviya» jamoasini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu natija «Sabah» uchun Chempionlar ligasi umumiy bosqichi tarixidagi ilk g‘alaba bo‘ldi.

Uchrashuvda hisob ikkinchi bo‘limda ochildi. 49-daqiqada Kaxim Perris mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 88-daqiqada esa Joy-Lens Mikkels «Sabah»ning ustunligini mustahkamlab, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Umarali Rahmonaliyev o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, bahs oxirigacha maydonda harakat qildi.

«Sabah» — «Slaviya» 2:0
Gollar: Kaxim Perris (49), Joy-Lens Mikkels (88).
Bosh hakam: Sebastyan Gisxamer (Avstriya).

Shu kuni Fransiyada «Lans» va Portugaliyaning «Sporting» klublari o‘zaro bahs olib bordi. Lans shahridagi «Bollar-Delelis» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

22-daqiqada Luis Suares portugaliyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Issa Dumbiya ikkinchi golni kiritib, «Sporting»ning g‘alabasini ta’minladi.

«Lans» — «Sporting» 0:2
Gollar: Luis Suares (22), Issa Dumbiya (74).
Bosh hakam: Igor Payach (Xorvatiya).

Shu tariqa, «Sporting» umumiy bosqichdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, ochkolarini oltitaga yetkazdi. Lissabonliklar birinchi turda «Galatasaroy»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgandi. «Lans» esa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Fransiyaliklar birinchi turda «Slaviya»dan 3:2 hisobida ustun kelgan edi.

Umumiy bosqichning 3-turida «Sabah» 20 oktyabr kuni Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi maydonga tushadi. «Slaviya» esa shu kuni «Fenerbaxche» bilan o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:51, 13.10.2026.
O'qildi: 1748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик