Kataloniyaning "Barselona" klubi yulduzi Lamin Yamal jamoasining ayni paytdagi kuchiga baho berdi.
"Biz — "Barselona"miz, biz dunyoning eng yaxshi jamoasimiz", — deya 19 yoshli ispaniyalik vingerning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, kecha UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida "ko‘k-anorranglilar" safarda Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga qarshi maydonga tushdi. Xans-Diter Flik shogirdlari ushbu bahsda 4:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
"Barselona" navbatdagi uchrashuvini Ispaniya chempionatining 9-turida Sevilyaning "Betis" klubiga qarshi o‘tkazadi. Bahs 17 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.













