Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Oliy liga. "Buxoro" - "Lokomotiv" (prevyu)

Oliy liga. "Buxoro" - "Lokomotiv" (prevyu)

Baho:
+ | -

15 iyun kuni “Buxoro” 13-tur doirasida o‘z maydonida mamlakatimizning amaldagi chempioni Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi. Ushbu jamoalar oliy liga tarixida jami 22 marotaba o‘zaro to‘qnash kelishgan. Ustunlik poytaxtliklar tomonida.

O‘tkazilgan 22 uchrashuvning 6 tasida “Buxoro”, 11 tasida “Lokomotiv” g‘alaba qozongan bo‘lib, 5 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ustunlik ham “Loko” jamoasi tomonida- 28:40.

O‘zaro uchrashuvlarda “Buxoro” 23 ochkoni, “Lokomotiv” esa 38 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

“Buxoro”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 2007 va 2009 yilgi mavsumlarda qayd etilgan. O‘sha uchrashuvlarda “Buxoro” har ikkala uchrashuvlarda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Qizig‘i shu ikkala g‘alaba ham safarda qo‘lga kiritilgan.

“Lokomotiv”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 2013 yilda Toshkentda qayd etilgan. O‘sha uchrashuvda poytaxtliklar buxoroliklarni 5:1 hisobida mag‘lub etishgan.

Ikkala jamoa o‘rtasidagi eng sermahsul uchrashuv esa 2005 yilda bo‘lib o‘tgan. Buxoroda kechgan uchrashuvda darvozalarga jami 7 ta to‘p kiritilgan bo‘lib, yakunda “Buxoro” 4:3 hisobida g‘alabani tantana qilgan.

BU QIZIQ: “Buxoro” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni atigi 3 marta mag‘lub eta olgan. Ushbu g‘alabalar 2005, 2007 va 2016 yilgi mavsumlarda qo‘lga kiritilgan. O‘tgan mavsumda “Buxoro” bo‘lajak chempionni o‘z maydonida 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. 18736 nafar muxlis qarshisida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Vadim Chemirtan va Salamat Qutiboyev gollari evaziga g‘alaba qozonilgan edi.

FAKT: “Buxoro” va “Lokomotiv” o‘rtasida kechgan uchrashuvlarning 5 tasi durang bilan yakunlangan. Qiziq tomoni, barcha duranglar Buxorodagi uchrashuvlarda qayd etilgan.

Buxoroda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar:
22.10.2016 “Buxoro”-“Lokomotiv” 2:1
31.05.2015 “Buxoro”-“Lokomotiv” 2:3
07.11.2014 “Buxoro”-“Lokomotiv” 1:1
08.11.2013 “Buxoro”-“Lokomotiv” 0:1
19.05.2012 “Buxoro”-“Lokomotiv” 1:1
14.08.2009 “Buxoro”-“Lokomotiv” 2:3
01.03.2008 “Buxoro”-“Lokomotiv” 0:0
15.08.2007 “Buxoro”-“Lokomotiv” 1:0
24.08.2006 “Buxoro”-“Lokomotiv” 1:1
27.08.2005 “Buxoro”-“Lokomotiv” 4:3
16.10.2004 “Buxoro”-“Lokomotiv” 1:1

Manba: pfcbuxoro.com
Kiritildi: 11:19, 15.06.2017.
O'qildi: 2901 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.