Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ivan Kordoba: «Manchini yulduzlar bilan ishlashga usta»

Ivan Kordoba: «Manchini yulduzlar bilan ishlashga usta»

Baho:
+ | -

Roberto Manchini «Zenit» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shu munosabat bilan «Futbol» haftanomasi Kolumbiya termasi va «Inter»ning sobiq o‘yinchisi Ivan Kordobani suhbatga tortdi. Aytish joiz, Kordoba Manchini qo‘l ostida «Inter» safida uch marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

— Roberto Manchinini qanday ta’riflash mumkin?

- U yetuk murabbiy. Hamisha yuqori marralarni ko‘zlaydi. Manchini uchun ambisiyalarini klub rahbarlari va futbolchilar tezda tushunib olishlari juda muhim.

— Manchinining oldingi klublari transfer bozorida katta mablag‘ sarflashgan. Bundan ko‘rinadiki, u o‘zi istagan futbolchini xarid qila oladigan jamoada ishlaydi. Shundaymi?

- Ha. Yevropada natijaga erishish uchun katta pul sarf qilishga to‘g‘ri keladi. Demakki, Robertoning istagi odatiy hol. Bu yerda boshqa muhim narsa bor. Manchini yulduzlar bilan ishlashga usta. Uning shu sifati alohida ajralib turadi. U futbolchilarning kuchli taraflaridan qachon foydalanishni biladi.

— Manchinining murabbiylik dun­yo­qarashi qanday?

— Hozircha uning qo‘l ostidagi «Zenit»ning tarkibi qanday bo‘lishini bilmaymiz. Lekin Manchini uchun jamoalari agressiv o‘yin namoyish qilishi ahamiyatliroq. Buning uchun esa ijrochilar bor kuchlari bilan harakat qilishlari lozim. Roberto hujumkor futbolchilar bor imkoniyatlarini ishga solishlari tarafdori. Bu bilan Manchini faqat hujumkorlikni ma’qul ko‘radi, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Men himoyachi bo‘lganman. U to‘psiz o‘ynashni ham ma’qul ko‘radi.

— Manchinining eng sevimli taktik sxemasi qaysi?

— Oddiy til bilan aytadigan bo‘lsak - 4-4-2. «Inter»da biz asosan shu uslubda o‘ynardik. Qolaversa, boshqa jamoalarda ham Roberto asosan shu taktikadan foydalangan. Bu sxemadan turli o‘yinlarda turlicha foydalanish mumkin.

— Robertoning o‘zi qanday inson?

— Jamoani effektiv boshqarish va futbolchilarning ruhiy xolatini yaxshilash uchun ko‘p muloqot qiladi. Nafaqat ish yuzasidan, balki futboldan tashqari jihatlar haqida ham erinmay gaplashadi.

— «Zenit»ning so‘nggi yillardagi muammolaridan biri tarkibda o‘z tarbiyalanuvchilarining yo‘qligidir. Klubning yangi rahbariyati bu muammoni hal qilishini aytgandi. Lekin Manchini kelgach, bu narsa amalga oshishini kutmasa ham bo‘ladi...

— Yangi bosh murabbiy yosh futbolchilar uchun eshiklarni yopadi, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Mario Balotellini eslang. U bilan Manchini «Manchester Siti» va «Inter»da birga ishlagan. Marioning iqtidori shunday ko‘zga tashlanib turardi, o‘sha kezlari yosh bo‘lgan. Shunga qaramay, unga ishonch bildirilgan. Umuman olganda, Balotelli «Inter»da debyut qilganida 17 yoshda edi.

— Manchini milliy chempionatlarda zafar quchgan bo‘lsada, yevrokuboklarda bu ishini davom ettira olmadi. O‘z jamoalari bilan Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining yarim finaliga qadar ham yetib bora olmagan. Buning sababi nimada?

— Menimcha, vaziyat shuni taqozo etgan. Agar Yevropadagi natijalariga e’tibor bersangiz, muvaffaqiyatga erishishga mayda jihatlar to‘sqinlik qilgan.

— Uning Italiyadagi obro‘si qanday?

— Top-murabbiylarniki qanday bo‘lsa, shunday. Yevropaning biror-bir top-klubida bosh murabbiy iste’foga chiqarilsa, uning o‘rnini albatta, Manchini hisobiga to‘ldirishga intilishadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:44, 16.06.2017.
O'qildi: 3434 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик