Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Bugun Rossiyada Konfederasiyalar kubogi boshlanadi, “Sport” kanali o‘yinlarni jonli efirda ko‘rsatadi

Bugun Rossiyada Konfederasiyalar kubogi boshlanadi, “Sport” kanali o‘yinlarni jonli efirda ko‘rsatadi

Baho:
+ | -
Dunyoning barcha mintaqalarida deyarli milliy chempionat uchrashuvlari yakuniga yetdi. Ayni payt butun jahonda milliy terma jamoalar ishtirokida JCH-2018 saralash o‘yinlari davom ettirilmoqda. Ammo terma jamoalar futbolchilari ham ikki oylik ta’tilga chiqishdi. Faqat 8 ta yurt vakillari uchun mavsum yana biroz cho‘ziladi. Tushungandirsiz, gap bugun, 17 iyun kuni Rossiyada boshlanadigan navbatdagi Konfederasiyalar kubogi ishtirokchilari xususida bormoqda. Demak, quyida JCH-2018 oldidan o‘ziga xos “mashq” vazifasini bajarib beruvchi turnir tarixiga bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishib chiqamiz.
 
Turnir tarixi
 
Konfederasiyalar kubogi (inglizcha talqini – FIFA Confederations Cup) – FIFA tomonidan navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qiluvchi mamlakat hududida terma jamoalar ishtirokida tashkillashtiriladigan turnir. Mundial startiga 1 yil vaqt qolganida o‘tkaziladigan musobaqada 6 ta qit’a/hudud – Yevropa, Janubiy Amerika, Shimoliy va Markaziy Amerika, Afrika, Osiyo hamda Okeaniyada tegishlicha UYEFA, KONMEBOL, KONKAKAF, AFK, OFK va OkFK tomonidan o‘tkaziladigan chempionatlar g‘oliblari ishtirok etadi.
 
Shuningdek, jahonning amaldagi chempioni va bo‘lajak JCHga mezbonlik qiluvchi mamlakat jamoasi ham ishtirokchilar qatoriga qo‘shiladi. Agarda jahon chempioni qit’a birinchiligida ham g‘olib chiqqan bo‘lsa, unda turnirga o‘sha hudud chempionati finalchisi taklif etiladi. Konfederasiyalar kubogi “Qirol Fahd kubogi”dan kelib chiqqan. O‘sha musobaqa 1992 va 1995 yillarda Saudiya Arabistonida xuddi shu tizimda yo‘lga qo‘yilgandi. 1997 yilga kelib, FIFA ilk rasmiy turnirni tashkil etdi. Boshida Konfederasiyalar kubogi har 2 yilda bir marta o‘tkazilgan. 2005 yildan e’tiboran esa ikki turnir o‘rtasidagi muddat xuddi JCHniki singari 4 yilga uzaytirildi.
 
2003 yilgi musobaqada katta fojia kuzatilgan. Ya’ni kamerunlik Mark-Vivyen Foe Kolumbiya termasiga qarshi kechgan yarim final o‘yini payti yurak xuruji sabab olamdan ko‘z yumgandi. Umuman olganda, Konfederasiyalar kubogi tarixida 5 ta jamoa g‘oliblik nashidasini surgan – Argentina, Daniya (“Qirol Fahd kubogi” davrida), Braziliya, Meksika va Fransiya terma jamoalari. Amaldagi chempion – Braziliya termasi bu safar musobaqada ishtirok etmaydi.
 
Konfederasiyalar Kubogi-2017 musobaqasini mezbon Rossiya terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yin bilan ochib beradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
 
Musobaqa ishtirokchilari: Rossiya (musobaqa mezboni), Germaniya (JCH-2014 g‘olibi), Portugaliya (Evro-2016 chempioni), Avstraliya (Osiyo Kubogi-2015 sohibi), Chili (Amerika Kubogi-2015 g‘olibi), Meksika (KONKAKAF chempioni), Yangi Zelandiya (Okeaniya Millatlar Kubogi-2016 g‘olibi) va Kamerun (Afrika millatlar Kubogi-2017 chempioni).
 
A guruhi: Rossiya, Yangi Zelandiya, Portugaliya, Meksika
V guruhi: Kamerun, Chili, Avstraliya, Germaniya
 
Musobaqa Rossiyaning to‘rtta shahrida bo‘lib o‘tadi: Moskva (“Spartak” stadioni), Sochi (“Fisht” stadioni), Sankt-Peterburg (“Sankt-Peterburg Arena”) va Qozon (“Kazan Arena”).
 
Ma’lumot uchun, Rossiya, Portugaliya va Chili terma jamoalari ushbu musoboqada birinchi marta ishtirok etadilar.
 
O‘zbekistonning “Sport” telekanali orqali mazkur musobaqaning o‘yinlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

 

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 17:32, 17.06.2017.
O'qildi: 6874 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик