Yashil maydon qirollarining maydondan tashqarida nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishi ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak, albatta. Bugungi sahifamizda ana shunday mashhur futbolchilarning sevimli mashg‘ulotlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
1. Yuriy Jirkov. Xobbisi — jahon urushi bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarni yig‘ish.
2009 yilda Yuriy Jirkov “Sport-Ekspress” muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda o‘zining yangi sevimli mashg‘uloti haqida gapirib o‘tdi. Uning aytishicha, jahon urushi haqidagi gaplar, umuman, urush atrofidagi fikrlar Jirkovga qattiq ta’sir qilgan. Shundan so‘ng u aynan urushda ishlatilgan buyumlarni kolleksiya qila boshladi. Ba’zilarini sotib oldi, ba’zilarini esa Jirkovning bu qiziqishini payqagan yaqinlari sovg‘a qilishdi. Kolleksiyasi haqida futbolchining o‘zi shunday deydi: “Hozir Kaliningradda uy quryapman va, albatta, u yerda kichkina muzey ham bo‘ladi. Agar sizda urushga oid nimadir bo‘lsa, iltimos, menga sovg‘a qiling”.
2. Andrey Shevchenko va Teo Uolkott. Xobbilari — golf o‘ynash
Umuman olganda, g‘arbda juda keng tarqalgan sport turi hisoblanadi. Qarangki, bu ommaviylik Shevchenko va Uolkottni ham chetlab o‘tmadi. Ukrain va ingliz futbolchilari bo‘sh vaqtlarini golfga sarflashadi. Hatto bir safar Shevchenko golf bo‘yicha jahon chempionatida qatnashmoqchi ham bo‘ldi. Ammo bu orzusi amalga oshmay qolgan. Teo Uolkott esa golf bilan faqat sevimli mashg‘ulot sifatida shug‘ullanadi.
3. Petr Chex. Xobbisi — til o‘rganish va zarbli cholg‘u asboblarini chalish.
“Arsenal” darvozaboni bu xobbisini kasbiy zarurat sifatida izohladi. “Men ko‘p mamlakatlarga boraman. Albatta, o‘sha mamlakat tilida gaplashishga majbursiz. Shuning uchun imkon qadar ko‘proq tilni o‘rganishga intilaman. Men biror bir so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilishni xohlamayman. Fransuz va ingliz tillarini to‘liq bilaman. Shuningdek, nemischani o‘rganyapman. Oxirgi ikki yildan beri esa ispan tilini bo‘yicha mashg‘ulotga qatnayapman. Slovak, rus, portugal tillarida qiynalib gapiraman. Italyan va yapon tillarini esa hali o‘rganmadim, bu tildagi ayrim iboralarni bilaman, xolos. Ruschani o‘rganishga ulgurmadim, Aleksey Smertin Angliyada o‘ynaganida undan rus tilini o‘rganishga kirishgandim, ammo bu oxirigacha yetmadi. Italyan tilini esa Kudichinidan o‘rganganman, hozir u bilan italyan tilida suhbatlashamiz. Chexiyalik posbon, shuningdek, zarbli cholg‘u asboblarining ashaddiy ishqibozi. U hatto o‘zining xususiy rok guruhini ham tuzgan.
4. Manuel Almuniya. Xobbisi — ertaklar yozish.
“Arsenal” jamoasining sobiq posboni o‘zi yozgan ertaklarning keng ommaga tarqalib ketishini istamaydi. Buni u “Ertaklarni tanilish uchun emas, shunchaki qiziqish tufayli yozaman”, deb izohlaydi.
5. Andrey Arshavin. Xobbisi — liboslar yaratish.
Andrey futboldan bo‘sh vaqtlarida o‘zgacha liboslar yaratish, aniqrog‘i, modelyerlik bilan shug‘ullanadi. Futbolchi Sankt-Peterburgda dorilfunun liboslar yaratish texnologiyalari va dizayni sohasi bo‘yicha tahsil olgan va bu borada yaxshigina mutaxassis hisoblanadi. U 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yaratgan liboslar taqdimotini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazgan.
6. Tomash Rosiski. Xobbisi — gitara chalish.
Tomashning noodatiy qiziqishlari u qadar ko‘p emas. Bu xobbilar orasida eng muhimi esa futbolchining gitara chalishga mukkasidan ketganidir. Ta’kidlash kerak, bu borada yaxshigina iqtidorga ega bo‘lgan futbolchi yaqinlari yoki oila a’zolarining quvonchli kunlarida ajoyib sozandaga aylana oladi. Ya’ni hech bir kecha Tomashsiz o‘tmaydi.
7. Maykl Ouen. Xobbisi — otlarni ko‘paytirish.
Bu futbolchining sevimli mashg‘uloti juda ham ko‘p. Maykl, ayniqsa, ot boqishga juda qiziqadi. U 64 gektar hududni o‘z ichiga oladigan ferma tashkil etgan va bu yerda eng zotdor otlarni parvarish qiladi. Umuman olganda, Angliyada ot ishqibozlari ko‘p. Xususan, Ueyn Runi va hatto “Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiysi ser Aleks Fergyuson ham ot minishni yoqtirishadi.
8. Zlatan Ibragimovich. Xobbisi — ov va baliq ovi.
Shved chingachkuki Shvesiya poytaxti Stokgolmning g‘arbida joylashgan butun boshli orolni sotib oldi. “Davenso” oroli Shvesiyada kattaligi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallaydi. Ammo Zlatan bu bilan kifoyalanib qolmoqchi emas. U bo‘sh vaqtini chog‘ o‘tkazish uchun boshqa hududlarni ham sotib olmoqchi. 500 gektar hududda Ibragimovich, asosan, ov qilishni xush ko‘radi. “Davenso”da yovvoyi bug‘u va to‘ng‘izlar juda ko‘p. Futbolchi istasa baliq ovlashi ham mumkin va u bu imkoniyatni hech qachon qo‘ldan chiqarmagan. U o‘zining “Men — Zlatan Ibragimovich” nomli avtobiografiyasida u jamoadoshlarini ham o‘z sevimli mashg‘ulotiga jalb qilmoqchi ekanligini ta’kidlagan.
9. Lionel Messi. Xobbisi — “Playstation” o‘ynash.
“Barselona” hujumchisi o‘yindan bo‘sh vaqtini ham futbol bilan o‘tkazishni niyat qilgan, shekilli, bo‘sh vaqti topilgan zahoti “Playstation” bilan ovora bo‘ladi. Leo ko‘pincha “Barselona”ni tanlaydi.
10. Krishtianu Ronaldu. Xobbisi — kuylash