«Barselona» yarimhimoyachisi Arda Turon «Beshiktosh»ga o‘tmaydi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, futbolchi avval «Galatasaroy» klubida o‘ynagan. Shu sababli ham u jamoaning ashaddiy raqibi bo‘lmish «Beshiktosh» libosini kiya olmaydi. Umuman olganda u «Barselona» safini tark etishni istamayapti.
Avvalroq, «Beshiktosh» Turon uchun 30 mln yevro taklif qilgani haqida xabarlar chiqqan edi. Futbolchining «Barselona» bilan imzolagan shartnomasi 2020 yilgacha amal qiladi.