«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso madridlik «Real»dagi vaziyat haqida berilgan savolga javob qaytardi. Alonsoning so‘nggi ish joyi aynan «Qirollik klubi» bo‘lib, u jamoani 2025 yilning yozidan 2026 yilning yanvar oyiga qadar boshqargan edi.
«Madridning «Real» klubi? Yo‘q, yo‘q, yo‘q… Men hech narsa deya olmayman», — deya Alonsoning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano o‘zining «X» (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» yakshanba kuni, 17 mayda Alonsoning tayinlanganini e’lon qilgan edi. Ispaniyalik mutaxassis o‘z vazifasini bajarishga 1 iyuldan kirishadi. Alonso bilan shartnoma to‘rt yilga mo‘ljallangan. «Ko‘klar» bayonotida 44 yoshli mutaxassis jamoada menedjer rolini bajarishi, bu esa oddiy murabbiylik lavozimiga qaraganda kengroq vakolatlarni nazarda tutishi alohida ta’kidlangan.













