Joze Mourinyo «Real» rahbariyatidan Portugaliya chempionati vakilini sotib olishni so‘ramoqda.
Avvalroq, 63 yoshli mutaxassis «Benfika» bosh murabbiyligini tark etib, Madrid klubini boshqarishi ma’lum bo‘lgan edi.
Jurnalist Migel Anxel Dias El Partidazo de COPE efirida xabar berishicha, portugaliyalik murabbiy «qaymoqranglilar»dan «Sporting» yarim himoyachisi Morten Yulmandni transfer qilishni so‘ragan. Lissabon klubi daniyalik futbolchi uchun taxminan 50 million yevro talab qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Mourinyo «Real»ning sobiq futbolchilaridan biri uning yordamchisi bo‘lishini va rahbariyat hamda jamoa o‘rtasida ko‘prik (bog‘lovchi bo‘g‘in) vazifasini bajarishini xohlamoqda. Bunday rol Toni Kroosga taklif etilishi mumkin.













