Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» futbolchisida xochsimon bog‘lamlar jarohati gumon qilinmoqda

«Barselona» futbolchisida xochsimon bog‘lamlar jarohati gumon qilinmoqda

Baho:
+ | -

«Barselona»ning 20 yoshli vingeri Runi Bardji tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Karlos Monfort xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, shvesiyalik futbolchi mashg‘ulot vaqtida shikastlangan. Shved kuchli og‘riq his qilib, maydonni tark etgan. Bardjining tizzadagi xochsimon bog‘lamlari uzilgan bo‘lishi mumkinligi haqida gumonlar bor. Agar tashxis tasdiqlansa, Lamin Yamal o‘rnini bosib turgan o‘yinchi kamida yarim yilga safdan chiqadi.

«Barselona» hujumchini o‘tgan yozda sotib olgan edi. «Ko‘k-anorranglilar» safida u barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bardjining kataloniyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:46, 10.08.2026.
O'qildi: 2075 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик