Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Yetti futbolchi «Navbahor»ni rasman tark etdi

Yetti futbolchi «Navbahor»ni rasman tark etdi

Baho:
+ | -

Avval davralar oralig‘ida “Navbahor” tarkibida bir qator o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida xabar berib o‘tgandik. Bugun jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov birinchi davrada “Navbahor” sharafini himoya qilgan yetti nafar futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilganligini bildirdi.

Akmal Ortiqov, Nodir Ashurmatov, Alisher Samatov, Tohir Shamsitdinov, Hasanboy Ergashev, Mansur Saidov va Timur Tolipov "Navbahor" jamoasini rasman tark etishdi. Yuqorida nomlari qayd etilgan futbolchilarning ayrimlari chempionatning dastlabki qismida bildirilgan ishonchni oqlashmagan bo‘lsa, ba’zilari jamoadan ketishni o‘zlari ixtiyor etishdi. Shu sababli Mo‘minjonov ularga javob berishga qaror qildi.

Ayni paytda bosh murabbiy ko‘z ostiga olib qo‘ygan futbolchilar bilan muzokaralar olib borayotganligini ham ma’lum qildi. Tez orada tarkibga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan yangi futbolchilar haqida ham ma’lumot beramiz.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:23, 29.06.2017.
O'qildi: 5406 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик