Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Verrattining o‘rniga 2 nafar yulduz futbolchi topdi

«Barselona» Verrattining o‘rniga 2 nafar yulduz futbolchi topdi

Baho:
+2 | -

"Barselona" yozgi transfer paytida yuqori saviyali yarim himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda.

Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra, "Barselona" Marko Verratti "PSJ" bilan o‘zining transferi borasida kelishuvga erishishiga umid qilmoqda. Ammo parijliklarning to‘sqinligi tufayli mazkur transfer amalga oshmay qolishi mumkin.

Shu bois, "Barselona" rahbariyati Verrattiga zaxira variant sifatida APLdan ikki futbolchi topib qo‘ydi: Ander Errera ("Manchester Yunayted") va Riyoz Mahrez ("Lester"). Ushbu nomzodlarga "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘z roziligini bergan.

Avvalroq Errera "MYU"ni tark etmoqchi emasligi, Mahrez esa "Barsa"dan taklif kutib charchagani bois, "Arsenal"ning taklifini qabul qilishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 21:02, 29.06.2017.
O'qildi: 14041 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик