Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

«Qotil yigitchalar»: ular nega bunchalik «vahshiy»?

«Qotil yigitchalar»: ular nega bunchalik «vahshiy»?

Baho:
+ | -

Konfederasiyalar kubogi boshlanish arafasida Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasining Rossiyadagi musobaqaga boradigan tarkibini e’lon qildi. Buni qarangki, tarkibda O‘zil, Myuller, Xedira — umuman asosiy tarkib futbolchilaridan deyarli hech kim yo‘q edi. Shunda ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘lgani rost. Hatto Germaniyani favoritlar ro‘yxatidan chiqarib qo‘yganlar ham topildi. Bundan tashqari, Rossiya tomon Germaniyadan norozi ham bo‘ldi, chunki ular aynan Germaniya yulduzlarining musobaqani yanada qiziqarli qilishini kutishgan, Lyov tanlagan yoshlarga esa ishonchsiz qarashgandi.

Biroq ayni damda voqealar rivoji shunday tus oldiki, Lyov tanlagan yigitchalar musobaqani anchagina qizdirishdi. Ayni damda germaniyalik mutaxassis ishonch bildirgan yigitchalar musobaqa finaliga yo‘l olishdi.

Konfederasiyalar kubogida bu futbolchilar chinakam “qotil yigitchalar” deya atalmoqda. Chunki Germaniyaning ikkinchi tarkibini tashkil etgan yigitlar juda shiddatli, tezkor o‘yin namoyish etishmoqda. To‘g‘ri, Avstraliya, Chili va Kamerunga o‘yinlarda tajribasiz ekanliklari biroz pand berdi, avstraliyaliklar nemislar darvozasini ikki bor ishg‘ol etishdi, Kamerun ham Ter Shtegenni ojiz qoldirdi, Chili esa sal qolsa g‘alaba qozonishi mumkin edi. Biroq yosh futbolchilardagi “vahshiylik” buni yopib ketdi, ular Avstraliya darvozasiga uchta to‘p kiritishdi, Kamerunni mag‘lub etishdi va ancha tajribali bo‘lgan Chili bilan jangovar durang qayd etishdi.

Muxlislar Yoaxim Lyovning yigitchalariga tahsin aytib turgan bir paytda ular yana bir kutilmagan natijani qayd etishdi. Ko‘pchilik yarim finalda Meksikaga qarshi o‘yinda nemislarga qiyin bo‘lishini bashorat qilib turgan bir paytda “qotil yigitchalar” shimoliy amerikalik raqiblarini ayab o‘tirishmadi — naq 4 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishdi. Ha, Meksika 4:1 hisobida taslim etildi, bu natijani Germaniyaning asosiy tarkibi ham ba’zida qayd eta olmasligi mumkin, axir Meksika tarkibida ham Yevropada to‘p surayotgan bir qator tajribali futbolchilar bor.

Xullas, bu yog‘iga asosiy maqsadgacha bir qadam qoldi. To‘g‘ri, Lyovning asosiy maqsadi yoshlarni sinovdan o‘tkazish, ammo bu u finalga ikkinchi daraja bilan qaraydi, degani emas. Bu shuni anglatadiki, Chiliga qarshi o‘yin juda-juda shiddatli kechadi. Axir yosh futbolchilar Lyovga nimalarga qodir ekanliklarini isbotlashga yana bir bor urinishlari tabiiy.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:10, 30.06.2017.
O'qildi: 11106 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.