Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«So‘g‘diyona» Davron Fayziyevni iste’foga chiqardi

«So‘g‘diyona» Davron Fayziyevni iste’foga chiqardi

Baho:
+-1 | -

Kuni kecha “So‘g‘diyona” stadionida klub rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan birinchi davra yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni klub prezidenti Mahmudjanov O‘ktamjon Ismailovich olib bordi. U o‘z so‘zida klubning birinchi davradagi qoniqarsiz natijalari va darvozabonlarni tayyorlashdagi kamchiliklar borasida so‘z yuritdi.

Yig‘ilish davomida darvozabonlarda yetarli mahoratni shakllantirolmaganligi natijasida jamoa darvozabonlar murabbiyi Shavkat Abduxo‘jayev iste’foga chiqarildi.

Klubning muvaffaqiyatsiz natijalari va birinchi davrani 13-o‘rinda yakunlagani uchun bosh murabbiy Davron Fayziyev o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod qilindi.

Shu bilan birga, futbolchilar Dadajon Mamatqulov, Omon-biik Xalilov va darvozabon Sarvar Karimov bilan tuzilgan shartnoma muddatidan avval bekor qilindi.

Jamoaga yangi murabbiy izlanmoqda. Vaqtinchalik jamoani klub ijrochi direktori Javlon Salohiddinov boshqarmoqda.

“So‘g‘diyona” matbuot xizmati

Manba: fcsogdiana.uz
Kiritildi: 10:58, 30.06.2017.
O'qildi: 5736 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик