Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

J.Koreya OAV: Koreys futboli o‘z rangini yo‘qotib qo‘ydi!

J.Koreya OAV: Koreys futboli o‘z rangini yo‘qotib qo‘ydi!

Baho:
+ | -

Janubiy Koreya terma jamoasiga Shin Te Yong tayinlaganidan xabaringiz bor. Bugun ertalab Paju shahridagi terma jamoa mashg‘ulot bazasida ushbu xabar e’lon qilindi.

Agar Shin Te Yong terma jamoani JCHga olib chiqa olsa u bilan shartnoma 2018 yilga qadar tuziladi. Bu mutaxassis terma jamoadagi ko‘p futbolchilarni yoshlar terma jamoasida tarbiyalagan. Shu sababli ularning imkoniyatlarini yaxshi bilishi va jamoadagi muhitni o‘zgartira olish qobiliyati borligi uchun Shin Te Yongga terma jamoa ruli ishonib topshirildi.

Ammo koreyslar saralash bosqichidagi o‘rinlari va oldindagi taqvimdan xursand emasliklari tayin. 31 avgust kuni o‘zlari uchun noqulay raqib - Eron va 5 sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekistonga qarshi qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Koreyslar Eronning Seulga ikkinchi tarkib bilan kelishi ehtimolidan taskin topishayotgan bo‘lsa, JCHdan umidini uzgan Xitoyning o‘z uyida O‘zbekistonga qarshi bor kuchi bilan o‘ynamaslik ehtimolini ham e’tibordan soqit qilishmayapti.

Ayrim koreys nashrlari futbol assosiasiyasining Eron bilan o‘yinni Seulda o‘tkazishga qaror qilganini tanqid qilib ham o‘tishgan. O‘yinni biror chekkaroq hududdagi stadionda o‘tkazish orqali Eronning yo‘l azobini ko‘paytirish orqali kuchini ketkazish zarur ekanligini aytishmoqda.

Bosh murabbiylikka tayinlangan Shin Te Yong hozirga qadar erishgan yutuqlari kamtargina: 2010 yili "Seongnam" klubini Osiyo Chempionlari Ligasi g‘olibligiga olib kelgan va yoshlar o‘rtasidagi JCH-2017 musobaqasida Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasini kuchli 16talikka olib kirdi. Bu murabbiy hujumkor futbolni sevadi va qanday bo‘lmasin g‘alaba qozonishni istaydigan murabbiy. Lekin ba’zi holatlarda uning hujumkorlikka berilib, shoshilinch qarorlari jamoasini qiyin holatlarga tushirib qo‘ygan holatlari ham ko‘p uchragan.

47 yoshli ushbu murabbiy iste’foga chiqarilgan Uli Shtilikedan farqli o‘laroq, futbolchilar bilan tez til topishib ketishi aytilmoqda. Bu safargi JCH saralash bosqichida Janubiy Koreya terma jamoasi ko‘pchilik tomonidan "Koreys futboli o‘z rangini yo‘qotib qo‘ydi!", degan tanqidga uchradi. Shin Te Yong oldida koreys futboliga xilma-xillik kiritishdek qiyin vazifa turibdi. Buni u qanchalik uddalaydi, vaqt ko‘rsatadi. Oldinda esa Eron va O‘zbekistonga qarshi qiyin o‘yinlar kutib turibdi.

Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:38, 04.07.2017.
O'qildi: 9226 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.