Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

«Nasaf»ning birinchi davra umumiy statistikasi

«Nasaf»ning birinchi davra umumiy statistikasi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha XXVI O‘zbekiston chempionatining birinchi davra uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. "Nasaf"ning birinchi davra o‘yinlarini raqamlar orqali tahlil qilib chiqamiz.

Quyidagi “Nasaf”ning birinchi davra umumiy statistikasi bilan tanishing.

“Nasaf” birinchi davra mobaynida o‘tkazilgan 15 uchrashuvning 6tasini o‘z maydonida, aniq qilib aytsak, G‘uzorda o‘tkazdi. 9 uchrashuvni esa safarda o‘tkazdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 8tasida g‘alaba, 2tasida durang natijaga erishildi. 5 uchrashuvda esa jamoa mag‘lub bo‘ldi. Raqiblar darvozasiga 24ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 14ta gol o‘tkazib yubordi. "Ajdarlar" 2 marta penalti tepish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek 2 marta "Nasaf" darvozasi tomon ham penalti belgilandi. Bo‘lib o‘tgan o‘yinlarning bittasida raqib futbolchisi o‘z darvozasini ishg‘ol etgan.

O‘yinchilar 23 marta hakamlar tomonidan ogohlantirildi. Hech bir o‘yinchimiz qizil kartochka bilan jazolanmadi.

Qo‘lga kiritilgan 8 g‘alabaning 6tasi uy uchrashuvlarida, 2tasi esa safar uchrashuvlarida qo‘lga kiritildi. Safarda bo‘lib o‘tgan 9 uchrashuvning 2tasida g‘alaba, 2tasida durang va qolgan 5 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraldi. “Nasaf” uy uchrashuvlarining barchasida g‘alabaga erishdi.

Bo‘lib o‘tgan 2 uchrashuvda "Nasaf" eng yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi: 4-tur. “Nasaf” – “So‘g‘diyona” 4:0. 15-tur. “Nasaf” – “Navbahor” 4:0. Bitta uchrashuvda eng ko‘p gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi. O‘zPFL 3-tur. “Bunyodkor” – “Nasaf” 3:2.

Futbolchilar uy uchrashuvlarida 14ta gol kiritishdi, safardagi uchrashuvlarda esa raqiblar darvozasini 10 marta ishg‘ol etishdi. Darvozabonlar uy uchrashuvlarida o‘zlari qo‘riqlagan darvozalardan faqat 1ta to‘p olib chiqishdi. Safar uchrashuvlarida esa 13ta gol o‘tkazib yuborishgan, shulardan 2tasi penaltidan.

To‘plangan 26 ochkoning 18tasi uy uchrashuvlarida, 8tasi safardagi uchrashuvlarda qo‘lga kiritildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda "Nasaf" tarkibida maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi — yarim himoyachi Islom Kenjabooyev bo‘ldi, 18 yosh.

Eng yoshi katta o‘yinchi esa himoyachi — Maqsud Karimov bo‘ldi, 32 yosh.

Faqat ikki nafar o‘yinchi, birinchi davradagi bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlarda maydonga tushishdi. Bular Akmal Shorahmedov va Bahrom Abdurahimovdir. Ular maydonda 1350 daqiqa mobaynida harakat qilishgan.

Birinchi davrada murabbiylar 20 nafar futbolchi xizmatidan foydalanishdi. Ulardan 2 nafari darvozabon, 6 nafari himoyachilar, 7 nafari yarim himoyachilar va 5 nafari hujumchilardir.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:08, 06.07.2017.
O'qildi: 4498 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик