«Milan» rahbariyati «Borussiya» D hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangni qaytarmoqchi.
Tmw xabariga ko‘ra, «rossoneri» futbolchining agenti bo‘lmish otasi bilan muzokara o‘tkazmoqda. Hozircha, tomonlar shaxsiy shartnomaning bandlarini kelisholmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Obameyang «Milan» klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.