Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ilhom Yunusov: «Nima, penaltidan gol urish osonmi?»

Ilhom Yunusov: «Nima, penaltidan gol urish osonmi?»

Baho:
+ | -

Bugun o‘tkaziladigan «Bunyodkor» - «Nasaf» uchrashuvi bilan oliy liganing birinchi davrasiga rasman yakun yasaladi. 3-tur doirasidagi mazkur o‘yin jamoalarimizning OCHLdagi ishtiroklari sabab, qoldirilgandi.

Ushbu bahs ayniqsa, mavsumning birinchi yarmida omadsiz o‘ynagan «qaldirg‘ochlar» uchun katta ahamiyatga ega. Umuman olganda, birinchi davra o‘yinlari hamma kutganidan ham qiziqarli tus oldi.

Har turda kutilmagan natijalar qayd etilishi, yetakchi klublarning keragidan ortiq uchrashuvlarda ochko yo‘qotishlari va turnir jadvalida yuzaga kelgan tig‘izlik muxlislar o‘rtasida ikkinchi davraga nisbatan qiziqishni yanada oshirishi turgan gap.

Tanaffusga qadar notekis o‘ynagan klublardan yana biri - «Qizilqum». Navoiylik «oltin izlovchilar» ortda qolgan 15ta uchrashuvning atigi 5tasida g‘alabaga erishishdi.

Durang va mag‘lubiyatlar soni ham teng - 5ta. Xullas, ta’tilga chiqqan jamoa yetakchilaridan biri, «penalti tepish mutaxassisi» - Ilhom Yunusov bilan aynan birinchi davra yakuni yuzasidan suhbatlashdik.

- Ilhom, mana, birinchi davra yakunlandi. Aytish mumkinki, «Qizilqum» mavsumning birinchi yarmida ishonchni oqlamadi. Buning asosiy sababi nima?

- Hammasi oddiy - oliy ligada raqobat oshdi, jamoalar sezilarli darajada kuchaydi. Albatta, bu yaxshi holat - futbolimiz saviya bobida o‘syapti. Qarang, oliy liga o‘yinlari hech bir jamoa uchun oson kechmayapti. Tabiiyki, biz ham qiynalyapmiz. Hozirgi holatda g‘alaba tugul, ochko ham shunchaki, berilmayapti. Boz ustiga, ba’zi o‘yinlarda omad jamoamizdan ochiqchasiga yuz o‘girdi. Bu albatta, shaxsiy fikrim va kimdir qo‘shilmasligi ham mumkin.

- Aslida «Qizilqum» tarkib bo‘yicha turnir jadvalining yuqori qismida borayotgan jamoalardan kam emas. Lekin natija shunga muvofiq bo‘lmadi. Bunga nima deysiz?

- To‘g‘ri aytasiz, bizda yaxshigina tarkib yig‘ilgan. Deylik, tajribali, terma jamoada ham to‘p surgan futbolchilar bor. Yuqorida aytdim, ayrim o‘yinlarda shunchaki, omadsizlik pand berdi. Ayniqsa, o‘z maydonimizdagi uchrashuvlarda shu sabab, ko‘p ochko yo‘qotdik.

- Vaholanki, jamoa o‘z maydonida ancha faol o‘ynashi kerak...

- Ha, shunday. Axir muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari futbolchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Navoiyda esa futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Buni stadionimizga tushayotgan muxlislar sonidan ham bilsa bo‘ladi. Xullas, jamoamiz muxlislariga gap yo‘q. Fursatdan foydalanib, ularga futbolchilar nomidan minnatdorchilik bildiraman. Chunonchi, muxlislarimiz jamoa yutqazib turgan o‘yinlarda ham bizni qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtamadilar. Shuningdek, hakam hushtagi chalinmagunicha stadiondan chiqib ketishmaydi. Nasib etsa, shunday munosabatga yarasha, ikkinchi davrada yaxshiroq o‘ynaymiz va muxlislarga munosib javob qaytaramiz.

- Mabodo jamoa ichida qandaydir muammo yo‘qmi, balki arzimas kelishmovchiliklar xalaqit berayotgandir...

- Yo‘q, yo‘q, muhit juda yaxshi. Baralla ayta olaman: futbolchilarning o‘zaro munosabatlari joyida. Murabbiylar bilan ham aloqamiz talab darajasida.

- Moliyaviy ta’minotchi - maosh va mukofot pulini vaqtida olyapsizlarmi?

- Ha, bu borada ham nolishga asos yo‘q. Maosh vaqtida berilyapti, rag‘batlantirish masalasi ham chakki emas.

- O‘zi klubda mashg‘ulotlarni kim olib boradi? Chunonchi, «Qizilqum»­da xuddi «Lokomotiv»dagi holat kuzatilmoqda.

- Mashg‘ulotlar jarayoniga Hamidjon Aktamov, Yuriy Lukin va Akmal Xoliqov mas’ullar.

- Ilhom, statistikangizga nazar solsak, aksariyat gollarni penaltidan urganingiz ko‘rinadi. 11 metrli jarima zarbasini tepishda asosiysi nima - qobiliyatmi yoki sovuqqonlik?

- Tabiatan yutqazishga toqat qilolmayman, hamisha g‘alaba haqida o‘ylayman. Penaltiga kelsak - bu avvalo, lotereya. Shuningdek, ruhiy holat muhim. Ya’ni «nuqta»ga o‘ziga 100 foiz ishongan futbolchigina yaqinlashishi kerak. O‘zi yoshligimdan jarima zarbalari va ayniqsa, penalti tepishga alohida ishtiyoqim bor. Bu borada maxsus shug‘ullanaman ham. Lekin penaltidan gol urish ko‘pchilik o‘ylaganidek juda oson emas. Misol uchun, hamma ham «nuqta»dan zarba yo‘llashga botinolmaydi.

- Qiziq, penalti tepish oldidan biror marta bo‘lsada, gol urish masalasida shubhalanganmisiz?

- Yo‘q, bunday holatga tushgan emasman. Mabodo o‘zimga ishonmasam, to‘p oldiga yaqinlashmayman. Muhimi, hozirga qadar chekinishimga to‘g‘ri kelgani yo‘q. Bordiyu, biror jamoadoshim 11 metrli zarbani amalga oshirishni so‘rasa, unga imkoniyat beraman, albatta. Demoqchimanki, bu borada qizg‘anchiq emasman. Axir asosiy masala - jamoa g‘alabasi.

- Siz uchun qaysi darvozabon bilan «duel»ga kirishish qiyinroq?

- Ignatiy Nesterovni aldash oson emas. U penalti tepilayotgan payt vaziyatni oxirigacha kuzatib turadi va oldindan tashlanmaydi. Tajribasi katta-da, baribir. 

- Yana klubingizga qaytamiz: birinchi davra o‘yinlarini tahlil qildinglarmi? Rahbariyatning xulosasi qanday bo‘ldi?

- Albatta, birinchi davra bahslarini obdon ko‘rib chiqdik va xato-kamchiliklarimiz haqida tushunchaga egamiz. Ya’ni aynan nimalar ustida ko‘proq ishlashimiz kerakligini bilamiz. Endi tanaffus chog‘i astoydil ishlaymiz. Ayni payt jamoamiz 20 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. Turnir jadvaliga e’tibor qaratsangiz, jamoalar to‘plagan ochkolar o‘rtasidagi tafovut katta emas. Demoqchimanki, jamoa bittagina g‘alaba evaziga bir necha pog‘ona yuqorilashi mumkin. Umid qilamanki, ikkinchi davrada o‘z o‘yinimizni namoyish etib, turnir jadvalida ancha ko‘tarilishni uddalaymiz. Bunga qurbimiz yetadi. Jamoamiz rahbarlari birinchi davradagi xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ke-yingi o‘yinlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz shartligini alohida uqtirishdi. O‘ylaymanki, hali muxlislarimizni chiroyli o‘yinlarimiz bilan xushnud etamiz. Jamoamizning ichki potensialini nazarda tutib, shunday ishonch bilan gapiryapman...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:48, 08.07.2017.
O'qildi: 6314 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.