Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Sports Choson»: Shin Te Yong ham katta o‘zgarishlar qila olmaydi»

«Sports Choson»: Shin Te Yong ham katta o‘zgarishlar qila olmaydi»

Baho:
+ | -

Boshi berk ko‘chaga kirib qolgan Janubiy Koreya terma jamoasini, umuman, koreys futbolini qutqarib qolish uchun harakatlar faollasha boshladi. Masalan, kecha bosh murabbiy Shin Te Yong Key-liga doirasidagi o‘yinlardan birini stadiondan turib kuzatdi. Lekin kecha Janubiy Koreyaning yetakchi nashrlaridan sanalgan "Sports Choson" Shin Te Yongning katta o‘zgarishlar qilishi mumkinligini inkor etdi.

"Shin Te Yong terma jamoaga nomzodlarni saralash uchun o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish maqsadida stadionga bordi. Ammo maydonda o‘ynagan futbolchilarni termaga chaqirish imkoniyati juda past. Terma jamoa oldida Rossiyaga borishni hal etuvchi ikki o‘yin turibdi. Ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonish juda yaxshi ssenariy bo‘ladi. Aks holatda 3-o‘ringa tushishimiz va eng dahshatli holatda esa 4-o‘ringa ham tushishimiz mumkin. Shin Te Yongda hozircha ellik kun vaqt bor. Key-liga klublari va futbol uyushmasi ham bosh murabbiyga yordam berishi zarur. Chunki 27 avgustda key-liganing navbatdagi turi o‘tkaziladi. Shundan keyingina futbolchilarni bir joyga jamlash mumkin. Jamlovni oldinroqqa surish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim", — deb yozadi koreys nashri.

"Shin Te Yongga o‘t o‘chiruvchi deb qarayotgan bo‘lsak-da, haqiqiy ahvolga nazar tashlasak bunday qisqa muddat ichida terma jamoaning "hayotini saqlab qolish" uchun kerakli "dorini ishlab chiqarish" imkonsiz. Key-ligada kuchli futbolchilar ro‘yhati u qadar uzun emasligi bor haqiqat. Shin Te Yong va sobiq bosh murabbiy Uli Shtilikening futbolchi tanlash uslubida katta farq yo‘q. Albatta, ularning o‘yin taktikasi borasida qarashlari boshqacha. Lekin ikkisining tayyorlaydigan taomiga solinadigan "masalliqlari" bir xil. Buning ustiga hozir yangi futbolchilarni kashf qilib, tajriba o‘tkazish vaqti emas. Vaziyat juda qaltis. Eron va O‘zbekistonga qarshi hayot-mamot o‘yinidek o‘ynasak ham g‘alabaga kafolat yo‘q. Eron azaldan noqulay raqib. O‘zbekiston safarini ham oson bo‘ladi deb ayta olmaymiz", — deya tushkun kayfiyatda davom etadi "Sports Choson".

"Hozirdanoq terma jamoaga nomzodlarni ertaroq bir joyga yig‘ish ustida gapirilmoqda. Bu holatga Key-liga klublari qanday munosabat bildirishi qiziq. Taqvimni o‘zgartirish yoki yetakchi futbolchilarisiz o‘yinlarini o‘tkazish klublarga yoqmasligi tayin. Esingizda bo‘lsa, may oyida bu tajriba o‘tkazilgan edi. Ya’ni, klublar terma jamoa manfaati uchun rozilik berishdi. Ammo natija Qatardagi mag‘lubiyat bo‘ldi, xolos. Shin Te Yong Uli Shtilike ham ega bo‘lgan "mahsulotlar"ni ishlatib nemis murabbiyidan umuman boshqacha "taom tayyorlashi" zarur bo‘ladi. Shin Te Yongdan ko‘ra futbolchilarning o‘zlari ham tayyorgarlikni maromiga yetkazishlari kerak. Zero, bitta jips jamoa bo‘lish og‘izdagina amalga oshadigan ish emas", — deya yakunlanadi koreys nashri bosgan maqola.

Darhaqiqat, Janubiy Koreya terma jamoasi hozir chuqur ruhiy tushkunlik holatida turibdi. Terma jamoa sardori Ki Song Yong ham buni tasdiqlagan edi. U mahalliy nashrlarga bergan intervyularidan birida Qatar safaridan qaytish chog‘ida samalyotda terma jamoa futbolchilari JCHdan umidlarini uzganliklari haqida gapirishganligini ta’kidlagan. Xullas, Shin Te Yong 50 kun ichida futbolchilarni ham ruhan, ham jismonan maromiga yetkazib tayyorlay oladimi - yo‘qmi bu nafaqat bizga, koreys futbol jamoatchiligiga ham qiziq jarayon bo‘lib turibdi.

Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:47, 09.07.2017.
O'qildi: 8226 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик