Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Stadiondan chetda qoldirilgan fors ayollariga bayram tatimaydi. Ular o‘z huquqi uchun kurashda

Stadiondan chetda qoldirilgan fors ayollariga bayram tatimaydi. Ular o‘z huquqi uchun kurashda

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Eron milliy terma jamoasi O‘zbekistonni mag‘lub etib, JCH chiptasini muddatidan avval qo‘lga kiritdi. Biroq bayram mamlakatda futbolga qiziquvchi ayollarga tatigani yo‘q. Ular millionlar o‘yinidan chetda qolgan. Quyida eronlik ayollarning futboldagi huquqlari haqida qisqacha o‘qish mumkin.

Eron terma jamoasi JCH—2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mundial mezboni Rossiyani hisobga olmaganda, forslar Braziliyadan so‘ng ikkinchi baxtli jamoaga aylandi.

Mamlakatda odamlar bu muvaffaqiyatni katta xursandchilik bilan kutib oldi. Ammo hamma ham emas. Ayniqsa ayollar deyarli bayram qilishmadi. Chunki ularning stadionga kirish huquqi hukumat tomonidan taqiqlangan.

«Men terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqqanidan xursandman. Lekin bunday quvonchli damni stadionda ko‘ra olmayotganimga ich-ichimdan xafaman. Chunki biz o‘yingohlarga bora olmaymiz. Eronda ayollar unutilgan muxlislar hisoblanadi. Men 21 yildan buyon futbol tomosha qilaman. Ammo uni stadiondan ko‘rish boshqacha. Hozirgi sharoitda men xuddiki inson emasman», — deydi Sara ismli futbol ishqibozi The World Game nashriga bergan intervyusida.

Sara Tehrondagi «Stadionlarni oching» guruhini tashkil qilgan ayol. Guruh qizlari birinchi bor 2005 yil «Ozodi» stadioni oldida bizni ham stadionga kiritinglar deb, namoyish o‘tkazishgandi. O‘shanda Eron JCH saralashi doirasida Bahraynni qabul qilgandi. Oradan shuncha yil o‘tgan bo‘lsa ham, hukumat o‘z qarorini kuchda qoldirdi.

2009 yil Sara va uning uch dugonasi «Ozodi» stadioniga kirishga muvaffaq bo‘lishdi. Qanday qilib deysizmi? Polisiya ularga koreyalik ayollar bilan kirishiga ruxsat berdi. O‘shanda Eron o‘z maydonida Janubiy Koreyani qabul qilgandi. Bu haqda Sara shunday deydi:

«Xorijlik ayollar ‘Ozodi’ stadioniga kirishi mumkin. Janubiy Koreya termasi kelgan payt uch dugonam bilan ularga qo‘shilib, stadionga kirgandik. O‘shanda juda qo‘rqib ketgandim, chunki hukumat bu ishim uchun meni va uch dugonamni jazolashi mumkin edi. Xayriyat, polisiyachilar o‘shanda bizni tushungan va jim o‘tirsanglar bo‘ldi degandek hech kimga aytmagandi.

Jurnalist Saradan o‘sha o‘yin haqida gapirishni so‘ragan.

«O‘yin 1:1 hisobida tugagandi. Bu mening «Ozodi» stadioniga birinchi va oxirgi kirishim edi. Nima bo‘lmasin, o‘shanda men chindan baxtli edim. Terma jamoang o‘ynaganda stadiondagi muhitni o‘z ko‘zing bilan ko‘rish chinakam baxt. Afsuski, bir yildan so‘ng vaziyat o‘zgardi, hukumat keskin qarorlar qabul qildi va endilikda stadionga borish umuman imkonsiz».

Hozir «Stadionlarni oching» guruhini qo‘llab-quvvatlayotganlar ko‘plab topiladi. Shulardan biri terma jamoa sardori Mas’ud Shojaiy. Gresiyaning «Panionios» klubida to‘p tepayotgan tajribali o‘yinchi hatto Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan shu mavzuda uchrashishga ulgurdi.

Men muhtaram Ruhoniy bilan uchrashdim, biz stadionlarga qizlar va ayollarni kiritishga ruxsat berilishi haqida gaplashdik. Bizda futbolni sevadigan ayollar juda ko‘p. Ular ham stadionga kirsam deydi. Agar mamlakatda 200 ming kishilik stadion barpo etilib, ayollarning ham kirishiga ruxsat berilsa, o‘ylaymianki, 200 ming odam keladi. Qachondir Eronda ayollarga ham futbolga borishiga ruxsat beriladi deb umid qilaman.

Mas’ud Shojaiy, Eron termasi a’zosi

OFK vakili Moya Dodd 2013 yil Eronga kelgani va nimalarni ko‘rgani haqida so‘zlab berdi:

«Menimcha, futboldagi eng katta adolatsizlik ayollarning stadionga kirishiga ruxsat bermaslik bo‘lsa kerak. Eronda ayollar futboldan mahrum. Vaholanki, ular shu futbolchilarning onasi, opasi yo singlisi, turmushi o‘rtog‘i, qarindoshi va hokazo bo‘lishi mumkin. Men 2013 yil Zepp Blatter bilan Eronga borgandim. U yerda stadionga kirishni judayam xohlaydigan jasur ayollarni uchratganimiz hamon yodimda».

FIFAning hozirgi kundagi bosh kotibi Fatma Samura ham xuddi Moya Dodd kabi ayollarni stadionga kiritish tarafdori.

«Men futbol tufayli bir qator o‘zgarishlarni amalga oshira olamiz deb o‘ylayman. Ba’zi to‘siqlarni olib tashlashimiz ham mumkin. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, FIFA hech bir davlatning ichki ishi va siyosatiga aralasha olmaydi. Shu bois bu masalaga juda ehtiyot bo‘lib yondoshgan ma’qul».

Eronlik muxlisa Sara esa hali ham o‘z huquqi uchun kurashishda davom etmoqda. U qachonlardir Eronda ayollarning stadionga kirishiga ruxsat beriladi deya ishonib yashaydi. O‘zining aytishicha, jim yurgan bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi.

 
Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:21, 11.07.2017.
O'qildi: 8587 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.