Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Paxtakor»ga olingan 5 nafar futbolchi haqida ma’lumot va ularning fikri

«Paxtakor»ga olingan 5 nafar futbolchi haqida ma’lumot va ularning fikri

Baho:
+ | -

Bugun «Paxtakor» 5 nafar yangi futbolchini tanishtirdi.

Isroil terma jamoasi a’zosi Gidi Kanyuk jamoa bilan ikki yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. "Paxtakor" safida maqsadi xususida u quyidagilarni ta’kidladi: «Biz "Paxtakor"ni kuchli hamda shonli tarixga ega ekanligini bilamiz va jamoaga shonli tarixini qaytarish yo‘lida ko‘maklashgani keldik. Jamoa bilan sovrinlarga ega chiqishga intilaman»

Gidi Kanyuk
Tug‘ilgan sanasi: 11.02.1993
Tug‘ilgan joyi: Ramat Gan, Isroil
Ampluasi: yarim himoyachi
O‘ynagan jamoasi:
2011–2017 “Makkabi” Petax Tikva 147 o‘yin 20 gol
Isroil terma jamoasiga nomzod futbolchi.
Sovrinlari: “Leumit” Ligasi g‘olibi-2013, “Toto Kap” Kubogi sohibi-2016.

Braziliyalik futbolchi Tiago Bezerra "Paxtakor" bilan ikki yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. U matbuot anjumanida shunday fikrlar bildirdi: «Paxtakor»ni Braziliya va Turkiyada ham bilishadi. Shota Arveladze esa jamoa boshqaruviga o‘tgani ajoyib ish bo‘ldi. Arveladzening taklifiga ko‘ra "Paxtakor"ni tanladim. Uni ko‘p joylarda tanishida.i O‘ylaymanki, jamoa bilan birgalikda ko‘plab g‘alabalarni qo‘lga kiritamiz. Bu yilgi maqsad jamoani OCHLga qaytarish. Kelasi yil esa barcha musobaqalarda g‘oliblikni ko‘zlaymiz»

Tiago Bezerra
Tug‘ilgan sanasi: 17.02.1987
Tug‘ilgan joyi: Brazilia, Braziliya
Ampluasi: hujumkor yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari:
2005–2006 “La Luvyer” Belgiya 7 o‘yin
2008–2010 “Oltoy” Turkiya 61 o‘yin 27 gol
2010–2011 “Karsiyaka” Turkiya 29 o‘yin 10 gol
2011–2012 “Regatas” Braziliya 9 o‘yin
2013–2015 “Adanaspor” Turkiya 61 o‘yin 31 gol
2015 “Al Arabi” Quvayt 7 o‘yin 8 gol
2016 “Demirspor” Turkiya 18 o‘yin 3 gol
2016–2017 “Al Qodisiya” S.Arabistoni 11 o‘yin 1 gol
2017 “Demirspor” Turkiya 14 o‘yin 4 gol

Bungacha "Nasaf" sharafini himoya qilgan himoyachi Sherzod A’zamov "Paxtakor"ga ko‘chib o‘tdi. “Paxtakor” va futbolchi o‘rtasida ikki yarim yillik shartnoma tuzildi.
«Nasaf»dan ketish qiyin bo‘ldi. Endi qaror qabul qilindi, ortga yo‘l yo‘q. "Paxtakor"ga katta sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun keldim. Boshqa sabab yo‘q», - deya ta’kidladi A’zamov.

Sherzod A’zamov
Tug‘ilgan sanasi: 14.01.1990
Tug‘ilgan joyi: Qarshi
Ampluasi: himoyachi
O‘ynagan jamoalari:
2010 “Mash’al” 1 o‘yin
2011-17 “Nasaf” 99 o‘yin 4 gol
Sovrinlari: OFK Kubogi sohibi-2011, O‘zbekiston Kubogi sohibi-2015, O‘zbekiston Superkubogi sohibi-2016.

“Nasaf”da o‘ynagan posbon Eldor Suyunov ham “sherlar”dan biriga aylandi. Suyunov ham boshqa futbolchilar kabi klub bilan ikki yarim yil muddatga shartnomaga imzo chekdi. Jamoaga kelishi to‘g‘risida u quyidagilarni aytib o‘tdi:
«Paxtakor»ga o‘tishimga asosiy sabab jamoada ruy berayotgan o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu O‘zbekiston uchun yangilik. Menga "Paxtakor"ning yangi loyihasi yoqdi, aynan shu narsa bu jamoaga kelishima muhim o‘rin tutdi. Bu yerda Lobanov ham o‘ynaydi. Men raqobatdan qo‘rqmayman, bu biz uchun foydali bo‘ladi».

Eldor Suyunov
Tug‘ilgan sanasi: 12.04.1991
Tug‘ilgan joyi: Qarshi
Ampluasi: darvozabon
O‘ynagan jamoasi:
2011-17 “Nasaf” 90 o‘yin
Sovrinlari: OFK Kubogi sohibi-2011, O‘zbekiston Kubogi sohibi-2015, O‘zbekiston Superkubogi sohibi-2016.

Iqtidorli hujumchi Zabixillo O‘rinboyev «Paxtakor»ga o‘tdi. U kelasi ikki yarim yil mobaynida jamoa sharafini himoya qiladi.
«Paxtakor»dan chorlov bo‘ldi va bu taklif menga yoqqani uchun bu jamoani tanladim. Raqobat kuchli bo‘lgani yaxshi, bu biz uchun foydaga ishlaydi. Jamoaning g‘alabalariga hissa qo‘shishni istayman», - deb aytib o‘tdi O‘rinboyev.

Zabixillo O‘rinboyev
Tug‘ilgan sanasi: 30.03.1995
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: hujumchi
O‘ynagan jamoalari:
2014-16 “Bunyodkor” 52 o‘yin 4 gol
2017 “Olmaliq” 11 o‘yin 1 gol

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:27, 11.07.2017.
O'qildi: 13218 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.